Sirtqi bo’limi abituriyentlari uchun ma’lumot

Hurmatli abituriyentlar,
Avvalroq sizga Universitetimizning sirtqi bo’lim qabul natijalari yuborilgan edi.

Abituriyentlar reytingini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanildi:
  • Kollej/litsey/maktab baholarining o’rtacha balli;
  • Tanlangan sohadagi ish tajribasi (oylarda). Ushbu ko'rsatkich bir xil o'rtacha ball to'plagan abituriyentlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda hal qiluvchi omil bo'ldi;
  • Ro’yxatdan o’tish kuni va vaqti. Bir xil o’rtacha ball va ish tajribasiga ega bo’lgan abituriyentlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda yechim bo’ldi.

** O’QISHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 21 - 25 dekabr, 2021 y.

O’qishga qabul qilingan abituriyentlar 25-dekabrga qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, kutish ro‘yxatida turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega.

  • Shartnomani tuzish tartibi: seshanba - shamba, 10:00 - 17:00. Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00;
  • Universitet manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А berk (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ). Mo’ljal: shahar bojxonasi;
  • Shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlarga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi;
  • Abituriyentning yonida pasport/ID karta, diplom (attestat)ning asl nusxasi va baholar ilovasi va 086 tibbiy ma’lumotnosi bo’lishi shart. *Diplom (attestat)ning asl nusxasi va baholar ilovasi Universitetda qoladi.

** KUTISH RO’YXATIDAGI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Kutish ro’yxatidagi abituriyentlarni chaqirish 2021-yil 27 - dekabrdan amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni kutish ro’yxatidan chaqirish reytingga muvofiq individual ravishda (telefon orqali) amalga oshiriladi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.