Birinchi kurs talabalari uchun e’lon

01/09/21, 16:39

Hurmatli birinchi kurs talabalari,
Sizlarga o’quv yili boshlanishi haqida e’lon qilishdan mamnunmiz. Quyida universitetimizda sizlarga o’qishni boshlash uchun kerak bo’ladigan umumiy ma’lumot berilgan.

O’quv yili boshlanish sanasi: 6-sentyabr, 2021-y.
O’qish formati: offline
Guruhlar bo’yicha taqsimlanish: guruhlar bo’yicha taqsimlanish va dars jadvali 4-sentyabrgacha sizga individual ravishda sms orqali yuboriladi.
Tashqi ko’rinish: universitetda qat’iy belgilangan forma yo’q. Lekin tartibli tashqi ko’rinish maslahat beriladi. Sport va plyaj kiyimlariga ruxsat berilmaydi.

Dars boshlanish vaqti
Arxitektura 09:00
Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo’lim)
Koreys tili va menejment
Maktabgacha ta’lim (kechki bo’lim) 18:30

Tanishtiruv suhbati
Birinchi kurs talabalarini Universitet, uning qoidalari, ta’lim tizimi va professorlar tarkibi bilan tanishtirish maqsadida 6-7 sentyabr kunlari har bir fakultetda tanishtiruv suhbatlari o’tkaziladi. Aniq vaqti keyinroq e’lon qilinadi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.