• +998 78 150 40 02
  • info@bucheon.uz
  • Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-kvartal, Qatortol-2 ko’chasi,38A

Birinchi kurs talabalari uchun ma'lumot

2020-yil 30-noyabr (dushanba)dan birinchi kurs talabalari uchun ta'lim an'anaviy shakl (oflayn)ga qaytadi. So'rovnomada oflayn o'qishni tanlagan barcha birinchi kurs talabalari darsda qantashishlari tavsiya qilinadi.

Yuqoridagilar bilan bog'liq holda quyidagilarni ma'lum qilamiz:

  • Yangi dars jadvali va guruhlar ro'yxati universitetning o'quv bo'limi tomonidan ichki aloqa vositalari orqali e'lon qilinadi.
  • Universitetda darslar barcha sanitariya me'yorlariga mos ravishda o'tkaziladi.
  • Agar shamollash alomatlari bo'lsa, talabalar zudlik bilan guruh yetakchisiga xabar berishlari va o'qishni onlayn tarzda davom ettirishlari kerak.
  • Oflayn ta'limdan onlaynga o'tishni hohlagan talabalar o'quv bo'limiga murojaat qilishlari kerak
  • Onlayn shakldan oflaynga o'tish faqat joriy o'quv yilning ikkinchi semestridan boshlab mumkin bo'ladi

Universitet hududida rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalar:

  • Universitetga niqobsiz kirish qat'iyan man qilinadi.
  • Ijtimoiy masofaga rioya qilish.
  • Stol va stullarni joyini o'zgartirish taqiqlanadi.

Hurmat bilan,

Puchon Universiteti ma'muriyati

Читать дальше
  • Результаты дополнительного набора студентов на 2021/2022 учебный год. Объявление для студентов первого курса на 2021/2022 учебный год

    #