2021-2022 o’quv yili uchun 2-qabul

Qabul muddati: 17 may - 25 iyun 2021

  • Yo‘nalishlar va kvotalar
  • Kerakli hujjatlar
  • Hujjatlarni taqdim etish
  • Kirish imtihonlar
  • Fakultet nomi
    Kvotalar*
    Shartnoma summasi**
    Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo‘lim)
    170 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 120 ta, rus guruhlar uchun: 50 ta)
    2200$
    Maktabgacha ta’lim (kechki bo‘lim)
    130 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 105 ta, rus guruhlar uchun: 25 ta)
    2200$
    Arxitektura
    80 ta
    3300$
    Koreys tili va menejment
    80 ta
    3300$

    * Talabalar qabuli yillik kvota butunlay to’lmagunicha amalga oshiriladi
    ** O'qish uchun kontrakt summasi talabalikka qabul qilish to'g'risidagi buyruq chiqarilgan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo'yicha hisoblanadi.

    1. Onlayn ariza;
    2. Pasport nusxasi;
    3. Attestat yoki diplom nusxasi (yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma);
    4. 3x4 shakldagi rasm - 1 dona;
    5. Ro'yxatdan o'tish uchun to'lov: 250.000 so'm. (Ro’yxatdan o’tish uchun to’lov, abituriyentning natijalari qanday bo’lishiga qaramasdan, test sinovlari o’tkazilgandan so’ng qaytarilmaydi)
  • Oflayn tarzda hujjat topshirish

    Hujjarlarni qabul qilish muddati
    17 may - 25 iyun / dushanba - juma / 10:00 - 17:00
    Dam olish kunlari
    Shanba, yakshanba va bayram kunlari
    Hujjatlarni topshirish tartibi
    • To'liq hujjatlar to'plamini tayyorlash;
    • Universitetga kelish;
    • Hujjatlarni topshirish va ro'yxatdan o'tish uchun to'lovni to'lash.
    Qabul komissiyasi joylashgan manzil
    Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol -2 ko‘chasi,38A uy (sobiq Yunus Rajabiy nomli pedagogika kolleji). Mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

    Onlayn tarzda hujjat topshirish

    Hujjatlarni qabul qilish muddati va tartibi
    17 may - 25 iyun / dushanba - juma / 10:00 - 17:00
    Dam olish kunlari
    24 soat davomida hujjatlarni topshirish mumkin. Onlayn arizalarni ko‘rib chiqib tahrir qilish dushanda– juma, 10:00 – 17:00
    Hujjatlarni topshirish tartibi
    1. Telefon raqamingizni tasdiqlang,
    2. Anketani to'ldiring va barcha kerakli hujjatlarni biriktiring
    3. Sizga taqdim etilgan ro'yxatdan o'tish to'lovini to'lash uchun kvitansiyani yuklab oling
    4. Uni chop eting va ro'yxatdan o'tish uchun to'lovni to'lang. Ro'yxatdan o'tish to'lovini 4 usulda to'lash mumkin:
      • Karta orqali to'lov (universitetda)
      • Naqd pul orqali to’lov (universitetda)
      • Har qanday bank filiali orqali to'lov
      • Rekvizitlar bo’yicha “Apelsin” bank ilovasi orqali to’lov
    5. Shaxsiy kabinetga kvitansiya suratini biriktiring
    6. Universitet xodimlari 2 ish kun ichida to'lovni tekshiradilar.
    Konsultatsiya ish vaqti
    Dushanba – juma, 10:00 – 17:00. Telefon raqami: +998 78 150 40 02 / +998 95 196 36 01
  • 1. Test sinovi

    Manzil
    Davlat Test Markazi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12
    Sana
    5 – 10  iyul, 2021.
    * Test sinovi sanalari o‘zgarishi mumkin. O‘zgarishlar bo‘lsa, abituriyentlarga oldindan xabar beriladi.
    Fakultet nomi
    Sinov fani
    Savollar soni
    Maksimal ball
    Maktabgacha ta'lim (kunduzgi va kechki)
    Ingliz tili
    60 ta savol (grammatika, so'z boyligi va o'qish)
    60 ball
    Arxitektura
    Ingliz tili
    60 ta savol (grammatika, so'z boyligi va o'qish)
    60 ball
    Koreys tili va menejment
    Koreys tili
    60 ta savol (grammatika, so'z boyligi va o'qish)
    60 ball

    2. Suhbat imtihoni

    Manzil
    Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.
    Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2, 38A
    Suhbat sanasi
    5-10 iyul 2021y.
    * Suhbat imtihoni sanalari o‘zgarishi mumkin. O‘zgarishlar bo‘lsa, abituriyentlarga oldindan xabar beriladi.
    Tafsilotlar
    Universitet professorlari bilan psixologik suhbat. Maksimal ball - 60

    3. Imtihon natijalarini e’lon qilish

    Manzil
    Natijalar abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi
    Sana
    24 iyul, 2021
    Tafsilotlar
    Yakuniy bahoni hisoblash: 120 (maksimal ball) = test sinovi uchun 60 ball (50%) + suhbat imtihoni uchun 60 ball (50%)
    Agar abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, birinchi navbatda quyidagi abituriyentlarga ustunlik beriladi:
    • suhbat imtihonida nisbatan yuqori ball olganlar;
    • test sinovini nisbatan tez yakunlaganlar;
    • hujjatini nisbatan erta topshirganlar.
Universitetning ichki qoidasiga muvofiq, Koreya Respublikasining fuqarosi bo‘lgan abiturientlardan hujjatlar qabul qilinmaydi (shuningdek, ushbu qoida, ota-onasi Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlarga ham tegishli)

Arizangizni topshirishdan oldin siz shaxsiy hisob qaydnomangizni kiritishingiz kerak

Yoki ro'yxatdan o'ting. Telefon raqamini tasdiqlash kifoya.
+998
Belgilangan telefon raqamiga besh xonali tasdiqlash kodi yuborildi. Ushbu kod joriy kunning oxirigacha amal qiladi.

Shaxsiy hisobim bor
If you applied to Bucheon University in Tashkent in the past, your data is already in the system. Log in to your account.
Meni eslaysizmi