O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 19 martdagi 113-sonli buyrug‘i asosida Puchon universitetiga biriktirilgan Sirdaryo pedagogika texnikumida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish orqali yangi va samarali natijalarga erishishni maqsad qilgan.
Hamkorlik doirasida universitet kafedralari filiallari ochilib, o‘quv jarayoniga zamonaviy ilmiy va amaliy yondashuvlar joriy etilmoqda. O‘quv dasturlari muvofiqlashtirilib, xalqaro kurslar va treninglar yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur islohotlar yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ta’lim jozibadorligini oshirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
