Tegishli xizmat xodimlari Toshkent shahridagi salbiy statistikaga oid ma’lumotlarni taqdim etishdi. Muhokamalar davomida asosiy e’tibor shunga qaratildiki — talabalarga o‘qish, sog‘lom va faol hayot tarzini yuritish, muammolarni ota-onalar, o‘qituvchilar bilan birgalikda hal qilish, zarurat tug‘ilganda esa profilaktika inspektorlariga murojaat etish tavsiya etildi. Eng muhimi — o‘z muammolaringiz bilan yolg‘iz qolmaslik kerakligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida huquqiy madaniyat, shaxsiy mas’uliyat va jamiyatda ongli xulq-atvorning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.
Bunday tadbirlar sog‘lom va xavfsiz talabalar muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Biz barcha ishtirokchilarga ularning faolligi va o‘sishga intilishi uchun minnatdorchilik bildiramiz!
🏃♂️🎨📚 Sport, ijod va bilimni tanlagan yoshlar — jinoyatchilikka “yo‘q” deydi!




