KELAJAKNI O‘ZGARTIRAYOTGAN KASB

Bu yerda zerikarli ma’ruzalar ham, umumiy gaplar ham yo‘q.

Bu yerda kelajak bilan ishlashga o‘rgatiladi — bolalikdan boshlab.

Toshkent shahridagi Puchon universitetining maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslarini tamomlagan navbatdagi bitiruv bo‘lib o‘tdi. Bu endi shunchaki ta’lim emas — bu puxta o‘ylangan va samarali ishlayotgan tizim.

Rasmiyatchiliksiz va biryoqlama ma’ruzalarsiz: jonli muloqot, amaliy mashg‘ulotlar, hissiy tajriba va yangi g‘oyalar. Bugun Puchon universitetining Toshkentdagi filialida shunchaki o‘qitilmaydi — bu yerda kasbga yangicha qarash shakllanadi.

Navbatdagi bitiruv yana bir bor shuni ko‘rsatdi: format ishlayapti, talab mavjud va natija yaqqol. Bu — yangi zamon uchun yangi ta’lim.

Yuz soatlik intensiv mashg‘ulotlar, zamonaviy ta’lim modullari, innovatsion yondashuvlar va real keyslar — bularning barchasi ertadan boshlab O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalda qo‘llaniladi. Bu mavhum nazariya emas, balki bolalar bilan ishlash uchun aniq va samarali amaliy vositalardir.

Uchinchi bitiruv — va bu endi tajriba emas, balki shakllangan, barqaror tizim.

Bugun Toshkent shahridagi Puchon universitetining davlatimiz uchun zarur bo‘lgan, kelajakda esa yanada yuqori talabga ega bo‘ladigan maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlashning yangi modelini yaratmoqda. Chunki aynan maktabgacha ta’limdan butun ta’lim tizimining poydevori boshlanadi. Ushbu yondashuv O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan chuqur va barqaror islohotlarga to‘liq mos keladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Puchon universitetining Toshkentdagi filiali rektori Agrippina Vasilyevna Shin universitet missiyasi faqat auditoriyalar va o‘quv dasturlari bilan cheklanmasligini ta’kidladi:

“Toshkent shahridagi Puchon universitetining— bu nafaqat ta’lim maydoni, balki maktabgacha ta’lim rivoji orqali kelajak jamiyati va davlat poydevorini mustahkamlashga xizmat qilayotgan loyihalar majmuasidir. Global chaqiriqlar sharoitida aynan maktabgacha ta’lim barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning asosi bo‘lib bormoqda. Pedagoglar qo‘lida eng katta boylik — O‘zbekistonning kichik fuqarolari, ularning ilk ijtimoiy tajribasi, shaxs sifatida shakllanishi va dunyoga bo‘lgan ishonchi mujassam.”

Rektor nutqida zamonaviy pedagog endi shunchaki tarbiyachi emasligiga alohida urg‘u berildi. Bugungi pedagog — bu sifat, innovatsiya va jamiyat ishonchining tashuvchisi. Ota-onalar bolalari uchun nafaqat bilim, balki xavfsiz, qo‘llab-quvvatlovchi muhit, individual yondashuv va zamonaviy fikrlashni kutmoqda. Aynan shu kompetensiyalar Puchon universitetining Toshkentdagi filialida shakllantiriladi.

Ta’kidlanganidek, malaka oshirish kurslari — bu faqat metodikalar majmui emas. Bu professional muloqot, tajriba almashish, hamkorlik va zamon talablariga javob bera oladigan professional hamjamiyatni shakllantirish maydonidir.

Sertifikatlarni topshirish marosimi iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Qarsaklar, tabassumlar va jonli lahzalar — har bir sertifikat ortida soatlab mehnat, mas’uliyat va tafsilotlarga e’tibor mujassam edi. Bu — kelajak boshlanadigan kasbga bo‘lgan mas’uliyat ramzi.

Dastur ishtirokchilari — pedagoglar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari — kurslarning amaliy ahamiyati, kasbga yangicha qarash va olingan bilimlarning ish jarayoniga real ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir doirasida madaniy muloqot ham muhim o‘rin tutdi. Koreys xalq kuy-qo‘shiqlari, musiqiy chiqishlar va jonli ijro Puchon universiteti falsafasini — chegaralarsiz ta’lim va qadriyatlarni tajriba orqali yetkazish g‘oyasini yana bir bor namoyon etdi.

Toshkent shahridagi Puchon universitetining birinchi prorektori Song You Jin bitiruvchilarga murojaat qilib, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash muhimligini ta’kidladi hamda universitet ta’lim tizimi doimiy ravishda yangi metodika va innovatsiyalar bilan boyitib borilishini qayd etdi.

Bitiruvchilar qurshovida aytilgan yakuniy so‘zlar esa ramziy ma’noga ega bo‘ldi: universitet eshiklari ochiq — keyingi ta’lim bosqichlari, magistratura va yaqin kelajakda ochilishi rejalashtirilayotgan doktorantura uchun ham.

Va aynan shu lahzada ayon bo‘ldi: bu pedagoglar shunchaki tayyor dastur asosida ishlashga emas, balki yangi loyihalarni boshlashga, yondashuvlarni o‘zgartirishga va O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim rivojiga real ta’sir ko‘rsatishga tayyor.

Chunki ular kelajak bilan ishlashni allaqachon o‘rganishgan —
eng erta yoshdan boshlab.

aktiv, qiziqarli va haqiqatan samarali bo‘lgan dunyoga qadamdir.