Angrenda talabalar o‘rtasida shaxmat turniri ♟️

26-aprel kuni Angren shahrida yirik sport tadbiri — O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan qariyb 30 ta xalqaro oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir eng iqtidorli yosh shaxmatchilarni bir joyga jamladi. Ular nafaqat yuqori tayyorgarlik darajasini, balki intellektual raqobatga bo‘lgan samimiy ishtiyoqni ham namoyon etdilar.

Turnir tashabbuskori sifatida Toshkentdagi Xalqaro universitetlar xorijiy rektorlari kengashi (SIRMТ) chiqdi. Tadbirga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hokimliklar hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi faol ko‘mak ko‘rsatdi. Bunday hamkorlik tufayli haqiqiy sport bayrami muhitini yaratish mumkin bo‘ldi — har bir o‘yin strategik fikrlash, sabr va diqqat uchun chinakam sinovga aylandi.

Turnirda Toshkentdagi Puchon Universiteti ham faol ishtirok etdi. Universitet sharafini Xegay Nikita va Mannapova Safina munosib himoya qildilar. Kuchli raqobatga qaramay, ular ishonchli va texnik jihatdan puxta o‘yin ko‘rsatib, turli hududlardan kelgan eng kuchli shaxmatchilar bilan tengma-teng bellashdilar. Ularning ishtiroki matonat, g‘alabaga intilish va raqiblarga hurmat namunasi bo‘ldi.

Angrendagi turnir yoshlar orasida shaxmatni ommalashtirish va intellektual sport turlarini ta’lim muhitida rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bunday tadbirlar nafaqat talabalar salohiyatini ochib beradi, balki muhim fazilatlarni — analitik tafakkur, strategik rejalashtirish va noodatiy vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Tashkilotchilar umid bildirdilarki, bu kabi turnirlar muntazam o‘tkazilib, o‘zining geografik va mavzuli ko‘lamini kengaytiradi hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.