AUDITORIYADAN TASHQARIDAGI DARS

Madaniyatni faqat darslikdan o‘rganish yetarli emas. Toshkent shahridagi Puchon Universitetida esa haqiqiy bilim boshlanadi — u yerda nazariy bilim amaliy tajriba bilan birlashadi.

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti “Go‘zallik estetikasi” yo‘nalishi talabalari bir kun uchun odatiy auditoriyani tarix, ramzlar va o‘ziga xos muhitga boy joy bilan almashtirdilar. “Dunyo dinlari: buddizm” mavzusini o‘rganish doirasida dars noodatiy formatda — Markaziy Osiyodagi yagona buddaviy ibodatxona bo‘ylab sayohat tarzida  o‘tkazildi.

Darsning tashabbuskori va tashkilotchisi jamoat-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Zilola Azimova bo‘ldi. Ushbu format talabalarga mavzuni an’anaviy ma’ruza doirasidan ancha kengroq ko‘rish imkonini berdi.

Ekskursiya davomida kelajak mutaxassislari ibodatxonaning me’moriy qiyofasi, ramzlari va buddaviy an’analarining falsafiy asoslari bilan tanishdilar. Talabalar ruhiy amaliyotlar, madaniy xususiyatlar va buddizmning tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot olishdi, eng muhimi — ushbu noyob joyning atmosferasini his qilishdi.

Shunday sayohatli darslar Toshkent shahridagi Puchon universitetining ta’lim yondashuvining muhim qismi hisoblanadi, u yerda nafaqat akademik bilimlarga, balki talabalar madaniy doirasini kengaytirishga ham katta e’tibor qaratiladi. Ta’lim auditoriya chegaralaridan chiqganda, ma’lumotlar chuqurroq qabul qilinadi va o‘quv jarayoni haqiqiy tadqiqotga aylanadi.

Zamonaviy taʼlim amaliyot va yangi kashfiyotlar orqali shakllanadi. U talabalarga dunyoning boy tarixi, madaniyati va ruhiy anʼanalarini bevosita his etish imkonini beradi