Xalqaro kreativ industriyalar va kelajak ta’limi festivali
Toshkent | 2026-yil 14–17-aprel
Toshkentdagi Puchon universiteti ilk bor “BUCHEON FUTURE FEST 2026” xalqaro festivalini tashkil etmoqda. Unda talabalar, o‘qituvchilar, xalqaro hamkorlar va ish beruvchilar ishtirok etadi. Tadbir ta’lim, texnologiyalar, kreativ industriyalar va yoshlar uchun karyera imkoniyatlariga oid zamonaviy yondashuvlarni namoyish etadi.
Festival “Kelajakni birgalikda yaratamiz” shiori ostida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Eng yaxshi talabalar loyihalari ko‘rgazmasi — Capstone & Creative Projects (multimedia, IT, dizayn va startaplar yo‘nalishida innovatsiyalar namoyishi).
• Career Expo & Job Fair — talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotni ta’minlovchi bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar yarmarkasi.
• Open Day & Education Showcase — ta’lim dasturlari taqdimotlari, master-klasslar hamda yangi fakultet va laboratoriyalar namoyishi.
• “Future of Education” xalqaro konferensiyasi — ta’limni raqamlashtirish va ta’lim, fan hamda sanoat integratsiyasining dolzarb yo‘nalishlari muhokamasi.
Madaniy dastur gastronomik hududlar, koreys va o‘zbek madaniyati bo‘yicha master-klasslar, konsert va sport tadbirlari, Navro‘z bayrami, shuningdek Hansik an’analari elementlarini o‘z ichiga oladi. Festival yakunida talabalar, professional san’atkorlar va yosh iste’dodlar ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
“Festival nafaqat talabalar va industriya yutuqlarini namoyish etadi, balki yangi karyera imkoniyatlarini ochuvchi innovatsion ta’lim formatlarini taqdim etish maydoniga ham aylanadi.”
Innovatsion ta’lim modeli 2+2
Festival doirasida O‘zbekistonda ilk bor joriy etilayotgan 2+2 innovatsion ta’lim modeli taqdimotiga alohida e’tibor qaratiladi.
Dastur mohiyati:
• 1-bosqich (2 yil, kunduzgi): Toshkentdagi Puchon universitetida o‘qish, Associate degree (Koreya Respublikasi) diplomi olish va mehnat bozoriga erta chiqish imkoniyati.
• 2-bosqich (2 yil, masofaviy): onlayn formatda o‘qishni davom ettirish, ish bilan birga olib borish va xalqaro bakalavr diplomini olish.
2+2 dasturining afzalliklari:
• xalqaro darajadagi ikki diplom olish;
• 2 yil ichida erta karyera boshlash;
• o‘qish va ishni moslashuvchan uyg‘unlashtirish;
• koreys standartlari asosida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim;
• mamlakatdan chiqmasdan xalqaro ta’lim yo‘nalishi;
• real ko‘nikma va tajriba orqali tez qaytadigan investitsiya sifatida ta’lim.
“2+2 dasturi talabalarga o‘qishni tugashini kutmasdan, o‘qish jarayonidayoq industriyaning bir qismiga aylanish, zarur kompetensiyalarni shakllantirish va karyerani ta’lim bilan birga rivojlantirish imkonini beradi”, — deya ta’kidlaydi Puchon universiteti ma’muriyati.
Festival va 2+2 ta’lim modeli Toshkentdagi Puchon universitetining ta’lim va karyera imkoniyatlarini integratsiyalashgan holda yangi yondashuvini namoyish etadi, yoshlar uchun yangi istiqbollarni ochadi va xalqaro hamkorlikni kengaytiradi.
Manzil: Toshkent shahri, Puchon universiteti.
