Toshkent shahridagi Puchon universitetida talabalarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni real loyihalarga aylantirish maqsadida Startup Hub ish boshladi. Ushbu yangi makon talabalar uchun nafaqat o‘qish, balki yaratish va rivojlanish imkoniyatini ham beradi. Loyihani Aleksey Kim boshqaradi. U talabalar startap g‘oyalarini rivojlantirish, ularni amaliy loyihalarga aylantirish chiqishiga yordam beradi.
5-may kuni startap g‘oyalar tanlovining birinchi bosqichi boshlanadi. Tanlovda 1000 dollar mukofot jamg‘armasi, investorlar va ekspertlar ishtirok etadi. Eng yaxshi besh loyiha uch oylik mentorlik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yoz mavsumida esa tanlovning ikkinchi bosqichi — xorijiy universitetlar ishtirokidagi Xalqaro startap festivali va Madaniyat kuni o‘tkaziladi.
Nima uchun bu muhim
Startup Hub — g‘oya loyihaga, loyiha esa jamoa va real natijaga aylanadigan maskandir. Bu yerda sizga quyidagilarda yordam beriladi:
— g‘oyani tizimlashtirish va rivojlantirish;
— loyihaning istiqbolini (hayotiyligini) tekshirish;
— mutaxassislardan maslahat va fikrlar olish;
— maslakdoshlar jamoasini shakllantirish;
— investorlar uchun taqdimot tayyorlash.
Agar startapingiz tayyor bo‘lsa — bu yerda uni yanada kuchaytirishadi. Hali faqat qiziqish bo‘lsa ham — yo‘nalish topishga yordam berishadi. Sharoitlar hamma uchun teng: avval universitet miqyosida himoya qilib, so‘ngra milliy darajada o‘zingizni ko‘rsatish imkoni mavjud.
5-may kuni tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu nafaqat g‘oyalarni himoya qilish, balki loyiha o‘sishiga chin dildan yordam bera oladigan insonlar e’tiboriga tushish imkoniyatidir. Mukofot jamg‘armasi 1000 dollar, biroq eng muhimi — kuchli beshlikka beriladigan mentorlik va moliyaviy ko‘makdir.
ozda o‘tkaziladigan Xalqaro startaplar festivalida birinchi o‘rin uchun mukofot jamg‘armasi 2500 AQSh dollarini tashkil etadi. Unda xorijiy oliygohlar qatnashadi, muloqot tili — ingliz tili. “Madaniyat kuni” esa tadbirga haqiqiy xalqaro ruh bag‘ishlaydi.
Qo‘llab-quvvatlash va istiqbollar
Universitet davlat, xususiy sektor va mahalliy tadbirkorlar grantlarini faol jalb qilmoqda. Asosiy e’tibor venchur fondlari bilan hamkorlik qilish, investorlarni chorlash va banklar orqali moliyalashtirish yo‘llarini topishga qaratilgan.
Startap ekotizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari aynan iqtidorli yoshlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Toshkent shahridagi Puchon universitetidagi Startup Hub — zamon talabiga javobdir. Bu yerda talabalar katta maqsadlar sari intilishdan, jasorat bilan harakat qilishdan va g‘oyalarni biznesga aylantirishdan qo‘rqmaydilar. Ta’lim amaliyot bilan uyg‘unlashadi, universitet ko‘magi bilan esa g‘oyadan biznesgacha bo‘lgan yo‘lancha qisqaradi.
Toshkent shahridagi Puchon universiteti kelajakni qurishga tayyor yoshlarga ishonadi. Startup Hub’ning ochilishi esa kelajak aynan shu yerda va hozir boshlanayotganidan dalolat beradi.





