TOSHKENT SHAHRIDAGI PUCHON UNIVERSITETI DELEGATSIYASI JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASIDA BO‘LIB OʻTGAN KASBIY VA TA’LIMIY RIVOJLANISH KO‘RGAZMASIGA TASHRIF BUYURDI**
2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahridagi Puchon Universiteti delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasining Puchon shahrida joylashgan bosh kampusga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida zamonaviy ta’lim, kelajak kasblari va talabalarning kasbiy rivojiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazmaga tashrif buyurdi. Ushbu tadbir ijodiy va ilmiy ishlar namoyishi hamda turli kasbiy yoʻnolishlar boʻyicha professional yoʻnalishlar taqdimotlarini birlashtirib, kampuslar oʻrtasida tajriba almashish va akademik hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.
Innovatsiya, ijodkorlik va professional koʻnikmalar — yagona ekspozitsiyada
Koʻrgazmada Puchon Universiteti talabalarining turli taʼlim va amaliy yoʻnalishlarni qamrab olgan loyihalari taqdim etildi. Ekspozitsiyalar texnologiya, biznes, oshpazlik sanʼati, maktabgacha taʼlim, tibbiyot, goʻzallik estetikasi, robototexnika va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarni oʻz ichiga oldi.
Har bir loyiha keriativ yondashuv, talabalarning ijodkorligi va amaliy ahamiyat uygʻunlgini namoyon etdi. Koʻrgazma zamonaviy taʼlim usullari talabalarga kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish va oʻz ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga qanday yordam berishini yaqqol koʻrsatdi.
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rektori Agrippina Vasilyevna Shinning taʼkidlashicha, bunday tadbirlar kelajak mutaxassislarining kompetensiyalarini shakillantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, koʻrgazma talabalarga faqat oʻz ishlari natijalarini namoyish etish emas, balki tengdoshlar tajribasidan ilhom olish, yangi gʻoyalar bilan oʻrtoqlashish hamda Puchon Universiteti global taʼlim jamoasining bir qismi ekanini his qilish imkonini beradi.
Talabalar uchun yoʻnaltirilgan karyera va kasbiy rivojlanish
Koʻrgazma doirasida kasbiy yoʻnalish va ishga joyalashish masalalariga bagʻishlangan boʻlimlar katta qiziqish uygʻotdi. Tashrif davomida karyera maslaxatlari vositalari, talabalar bilan ishlash metodikalari hamda eng talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni targʻib qilishning zamonaviy yondashuvlari bilan yaqindan tanishish imkoni boʻldi.
Koʻrgazmada kasbga yoʻnaltirish ishlari yuksak darajada tashkil etilgani: talabalarning faol ishtiroki, kasblar taqdimotining zamonaviy formatlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali karyera yoʻl xaritasini shakllantirishda yuqori samaradorlik borligini namoyish etdi.
Ayniqsa, axborot texnologiyalari, raqamli yechimlar va robototexnika yoʻnalishlari ishtirokchilar eʼtiborini tortib, yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda yetakchi oʻrin egallamoqda.
Tajriba almashinuvi va hamkorlik istiqbollari
Koʻrgazmaga tashrif Toshkent shahridagi Puchon Universiteti va Janubiy Koreyadagi bosh kampus oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam boʻldi. Tomonlar qoʻshma loyihalarni kengaytirish, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ilgʻor metodikalarni almashish hamda Koreya taʼlim tajribasining eng yaxshi jihatlarini Toshkentdagi oʻquv jarayoniga joriy etish borasida oʻzaro qiziqish bildirdi.
Mazkur tadbir zamonaviy taʼlim va kadrlar tayyorlash yondashuvlari ijodkorlik, innovatsiya va professional rivojlanishni birlashtirib, kelajak mutaxassislari tayyorlash uchun mustahkam asos yaratayotganini yaqqol namoyon etdi.




