Toshkent shahridagi Puchon universitetining Axborot texnologiyalari yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan  tadbirda ishtirok etdilar. Yoshlar siyosati boshqarmasi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda ular bilim va do‘stona raqobat muhitiga sho‘ng‘ishdi. Tadbir o‘qish jarayonini jamoaviy viktorinaning qizg‘in ruhi bilan birlashtirdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixi, tuzilishi va asosiy qoidalariga bag‘ishlangan yorqin taqdimot namoyish etildi. Talabalar Kosntitutsiyada  fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat tuzilishi tamoyillari va huquqiy davlatning asoslari qanday mustahkamlangani haqida ma’lumot oldilar.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Nabiyeva Zilola Azimovnaning kirish nutqidan so‘ng ishtirokchilar jamoaviy viktorina bosqichiga  o‘tishdi. Savollar Konstitutsiyaning qabul qilinishi tarixi, fuqarolik burchlari, davlat ramzlari hamda zamonaviy islohotlarga oid bo‘ldi. Ayniqsa, yoshlarning yurtimiz rivojidagi o‘rni va Konstitutsiyaning raqamli huquq va erkinliklarga ta’siri haqidagi topshiriqlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Jarayon davomida jamoalar bilim darajasi, mantiqiy fikrlash va hamkorlik ko‘nikmalarini namoyish qildilar. Tadbir    talabalarining nafaqat  texnologiyalar, balki  davlatimiz tarixiy-huquqiy asoslariga ham   qiziqishini namoyon etdi.