KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI

Toshkent shahridagi Puchon universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi boshlandi. Tashabbusning maqsadi — bugungi kunda talabalarning faolligi va hushyorligini kuchaytirish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni, masʼuliyat hissini  yuksaltirish, zamonaviy jamiyatda shaffoflik hamda adolatning hal qiluvchi oʻrni borligini chuqur anglatishdir.

Oylik doirasidagi asosiy loyihalardan biri talabalar bilan hamkorlikda tayyorlangan videorolikdir. Unda korrupsiyaga qarshi kurash har bir insonning ongli tanlovi va prinsipial pozitsiyasidan boshlanishi, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qatʼiy “yoʻq” deyish zarurligi yoritilgan.

Oylik davomida  Universitetida interaktiv treninglar, ochiq muloqotlar, ekspertlar bilan uchrashuvlar, shuningdek talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga yoʻnaltirilgan turli amaliy tadbirlar oʻtkaziladi.

Tashabbus universitetning halollik, adolat va masʼuliyatga asoslangan oʻquv muhitini mustahkamlashga, shuningdek jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻsha oladigan ongli va prinsipial yosh avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.