MULOQOT VA HAMKORLIK

Koreya Respublikasidagi tashrif doirasida, Toshkent shahridagi Puchon Universiteti delegatsiyasi 2025 yil 13 noyabr kuni mamlakatning eng qadimiy hamda  Puchon Universitetining hamkoridan biri  boʻlgan oliy taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi.  Tashrif  davomida universitet rektori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida  magistratura dasturlari doirasida hamkorlik istiqbollari, shuningdek, qoʻshma loyihalar va professor-oʻqituvchilar hamda talabalar oʻrtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rektori Agrippina Vasilyevna Shin shunday uchrashuvlar taʼlimiy hamkorlikni kengaytirish uchun noyob imkoniyatlar yaratishini, professional aloqalarni mustahkamlashga yordam berishini va yangi ilmiy-taʼlim tashabbuslarini amalga oshirishga ilhomlantirishini taʼkidladi.

Tomonlar universitetlar oʻrtasida bilim va tajriba almashishning ahamiyatini qayd etib, taʼlim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorliklarini namoyish etdilar.

Bu tashrif rasmiy uchrashuvdan ko‘ra ham kengroq maʼnoga ega boʻldi.  U jonli muloqot,  amaliy tajriba  almashish hamda hamkor davlatning ta’lim madaniyati bilan yaqindan  tanishishning  qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatdi.

Koreyaga amalga oshirilgan tashrif universitetning asosiy maqsadlaridan biri —  kelajak loyihalarini yaratadigan , xalqaro qarashlarga ega, yoshlar  rivojiga qaratilgan taʼlim maydoni sifatida rivojlanish yo‘lida yana bir qadam boʻldi.

Delegatsiya Toshkentga yangi bilimlar, yangi kelishuvlar va keyingi bosqichni aniq tushunish bilan qaytdi: zamonaviy ta’lim dasturlarini birgalikda rivojlantirish, Koreyaning innovatsiyalarini mahalliy sharoitga mos holda  joriy etish va global muhitda samarali ishlay oladigan kelajak mutaxassislari uchun imkoniyatlar yaratish.

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rektori Agrippina Vasilyevna Shin ta’kidlaganidek, ushbu tashrif xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib,  universitetni innovatsiyalar, bilim va ijodiy g‘oyalar markazi sifatida yanada   mustahkamlaydigan keyingi tashabbuslar uchun kuchli turtki boʻldi.