Profilaktika — taqiq emas, imkoniyat!Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik mavzusi Toshkentdagi Puchon Universitetida muhokama qilindi. Muhim uchrashuvni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tashkil etishdi. Ular mamlakat va poytaxtdagi hozirgi vaziyat nuqtayi nazaridan mavzuning dolzarbligini ta’kidlab o‘tishdi.

Jinoyatlar statistikasi va xarakteri, ularning sabablari va oqibatlari, yoshlarni xatoga yo‘l qo‘yishga undaydigan omillar haqida so‘z bordi. Qonun bilan hazillashmaslik, har qanday muammoni ota-ona, o‘qituvchilar bilan birgalikda, muammoga berilmasdan hal qilish mumkinligi ochiq muloqotda ta’kidlandi. Talabalarga turli hamkorlik yo‘llari taklif etildi.

Universitet va litsey talabalari yoshlar orasida huquqiy madaniyatni va shaxsiy javobgarlikni shakllantirish muhimligini alohida qayd etishdi!