Oddiy ma’ruza o‘rniga — keskin B2B-raund, nazariya o‘rniga — mijoz bilan ishlashning real ssenariylari. “Elektron biznes” yo‘nalishi talabalari kelajak muzokaralar maydoniga chiqdi, bu yerda hamma narsani xarizma emas, strategiya hal qiladi; oddiy gaplar emas, balki ishonch va natija muhim.
Ular uchun tadbirkor va raqamli biznes yechimlari bo‘yicha ekspert, Timur Narimanov bilan maxsus workshop tashkil etildi. U B2B loyihalar bilan ishlaydigan Murukae studiyasining asoschisi va rahbari hisoblanadi. Kompaniya Rossiya digital bozoridagi yetakchi studiyalar qatoriga kiradi (soha reytinglari — Tagline va Reyting Runeta ma’lumotlariga ko‘ra). Bu esa talabalarga sanoat jarayonlarini amaliy tajriba asosida, birinchi manbadan o‘rganish imkonini berdi.
Shu bois uchrashuv mazmunli, ochiq va ortiqcha “yaltiroqsiz” o‘tdi.
Ma’ruza emas. Muzokara.
Tadbir interaktiv workshop va biznes-o‘yin formatida tashkil etildi. Zalda 10 nafardan iborat 6 ta jamoa shakllantirildi. Har bir jamoa “CEO” va kompaniya “top-menejmenti” bilan muzokara raundidan o‘tdi.
Vazifa shunchaki xizmatni taqdim etish emas, balki:
- real biznes muammosini aniqlash,
- qiymatga ega yechim taklif qilish,
- strategiyani asoslab berish,
- va eng muhimi — uzoq muddatli hamkorlik modelini qurish edi.
Talabalar tinglashni, to‘g‘ri savollar berishni, e’tirozlar bilan ishlashni va manfaatlar muvozanatini topishni o‘rgandilar. Muhit haqiqiy digital-agentliklardagi muzokara xonalarini eslatdi — dinamika, tahlil va tezkor qarorlar bilan.
B2B — ishonch va strategiya
Workshop davomida ishtirokchilar birinchi loyihani ko‘p yillik hamkorlikka aylantirish mexanizmlarini tahlil qildilar. Bugungi bozor “eng arzon” ijrochini emas, balki strategik fikrlaydigan va natija tilida gapira oladigan hamkorni tanlaydi.
Timur Narimanov korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasidan real кейслар keltirib, digital-jamoa qanday qilib oddiy ijrochi emas, balki biznes uchun strategik hamkor darajasiga chiqishi mumkinligini tushuntirdi.
Amaliyot — ta’lim standarti
Bunday formatlar tasodif emas, balki Toshkentdagi Puchon universiteti ta’lim falsafasining bir qismidir. Bu yerda talabalar nafaqat raqamli iqtisodiyot nazariyasini o‘rganadilar, balki real bozor ssenariylarini modellashtiradilar, muzokara olib boradilar va o‘sish strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Workshop yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, bu yerda yangi avlod mutaxassislari — tashabbuskor, strategik fikrlaydigan va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor professional yoshlar shakllanmoqda.
