6–14-dekabr kunlari Jizzax shahridagi “Kibersport arenasi”da boʻlib oʻtgan taekvondo WTF boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida Toshkent shahridagi Puchon universiteti talabalari kattalar kategoriyasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ushbu musobaqa ular uchun shunchaki safar emas, balki muhim sport voqeasiga aylandi.

Sport majmuasida kuchli muhit hukm surdi: aniq zarbalar, tezkor qarorlar, jamoaning birdamligi — bularning barchasi musobaqaga yuqori ruh bagʻishladi. Talabalarimiz natija orttirish bilan birga tajriba toʻplash, yangi emotsiyalar olish va taekvondoning ular uchun hayot tarzi ekanini koʻrsatishni maqsad qildilar.

Bellashuvlardan soʻng sportchilar bir-biri bilan maslahatlashib, kuchli va zaif tomonlarini muhokama qilishdi. Yangi ishtirokchilar tajribalilarning koʻrsatmalarini qabul qilishdi, tajribalilar esa texnika va matonat muntazam mehnat orqali shakllanishini yana bir bor isbotladilar. Bu safar ular uchun jiddiy sinov boʻldi va har biri undan munosib oʻtdi.

Jizzaxdagi chempionat   talabalarining jamoaviy ishlashini, qiyinchiliklardan qaytmasligini va respublika miqyosida Toshkent shahridagi Puchon universiteti sharafini munosib himoya qila olishini yana bir bor koʻrsatdi. Bu ishtirok nafaqat sport natijasi, balki universitetning sport madaniyatini rivojlantirishga qoʻshilgan qimmatli hissadir.

Kattalar oʻrtasidagi chempionat natijalari:

Shukparov Aleksandr — 2-oʻrin

Kim Dmitriy — 3-oʻrin

Talabalarimiz va murabbiy Umarov Faxriddinni munosib natijalar bilan tabriklaymiz! Ularni oldida yangi gʻalabalar va yangi choʻqqilar kutmoqda!