TALABALAR UCHUN OCHIQ MA’RUZA 

Toshkent shahridagi Puchon Universitetida marketing texnologiyalari bo‘yicha ekspert va Women in Tech Uzbekistan   direktori Anna Ambrozevich ishtirokida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Talabalar shaxsiy brend yaratish va LinkedIn platformasida targ‘ibot bo‘yicha amaliy vositalar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning motivatsiyasi va professional rivoji uchun muhim qadam bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ma’ruzachi shaxsiy brendning ahamiyati, xalqaro professional platformada ishlash xususiyatlari, hamkorlikning roli va ekspertlar hamjamiyati rivoji haqida so‘zlab berdi. Talabalar olingan tavsiyalar ularga kasbiy maqsadlarni aniqroq belgilash va professional aloqalarni kengaytirishda yordam berishini ta’kidladilar.

Mazkur tadbir universitetning talabalari uchun  qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi, ularning rivojlanishi va yangi yutuqlarga intilishini qo‘llab-quvvatlashining yana bir amaliy namunasi bo‘ldi.