Toshkent shahridagi Puchon universitetida koreys xayriya jamg‘armasi — Songbusun Global Scholarship Foundation tomonidan eng faol va tashabbuskor talabalarga pul mukofotlari topshirildi. Bu mukofot nafaqat rag‘bat, balki ularning shijoati, rivojlanishga bo‘lgan intilishi va universitet hayotiga qo‘shgan hissasining e’tirofidir.
Bunday qo‘llab-quvvatlash yoshlar uchun kuchli turtki bo‘lib, ularga ko‘proq mas’uliyat olish, tashabbus ko‘rsatish va yangi marralarga intilishda ilhom beradi. Eng muhimi, bu nafaqat moddiy yordam — balki talabaning faolligini qadrlanishning muhim belgisidir.
Imkoniyat berilganda, qobiliyatli yoshlar yanada faolroq bo‘ladi: yangi g‘oyalarni ilgari suradi, loyihalarni amalga oshiradi va yetakchilik ko‘nikmalarini namoyon etadi. Fondning qo‘llab-quvvatlashi esa kelajakda jamiyatga hissa qo‘sha oladigan malakali kadrlar shakllanishiga xizmat qiladi.
Universitet uchun bunday tashabbuslar alohida ahamiyatga ega: ular talabalar orasida faollik, ijodkorlik ва mas’uliyat muhitini mustahkamlaydi.
Biz birga o‘samiz ва birga o‘z ertamizni bunyod etamiz.







