TA’LIM CHEGARASIZ

Abituriyentlarga yaqin bo‘lish, yoshlar bilan bir tilda muloqot qilish va real istiqbollarni ko‘rsatish — Toshkent shahridagi Puchon Universiteti aynan shunday yondashuvni namoyon etmoqda. Poytaxt oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi umumta’lim ko‘rgazmasi doirasida universitet maktab, litsey va kollej o‘quvchilariga kelajak ta’lim makonini taqdim etdi.

2026-yil 5-fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 246-maktabda poytaxt oliy o‘quv yurtlarining umumta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir maktab, litsey va kollej o‘quvchilari uchun muhim voqea bo‘lib, abituriyentlar, ota-onalar hamda yetakchi universitetlar vakillarini bir maydonga jamladi. Ko‘rgazma yoshlar uchun zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va professional rivojlanish istiqbollari bilan bevosita tanishish imkonini yaratdi.

Toshkent shahridagi Koreya Puchon Universiteti filiali mazkur tadbirning faol ishtirokchilaridan biri bo‘ldi. Universitet amaliyotga yo‘naltirilgan, xalqaro standartlarga mos va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beruvchi turli ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘qitish shakllarini taqdim etdi. Ayniqsa, bitiruvchilarga O‘zbekiston va Koreyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkonini beruvchi xalqaro diplom olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘rgazma mehmonlari  Universitetida yaratilgan ta’lim sharoitlari, zamonaviy moddiy-texnik baza, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, mazmunli talabalik hayoti bilan  tanishdilar. Universitet vakillari qabul qoidalari, kirish imtihonlari, akademik almashinuv va bitiruvchilarning bandligi masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etib, kelajakdagi faoliyat yo‘lini ongli ravishda belgilashga xizmat qiladi. Toshkent shahridagi Puchon Universiteti o‘zining zamonaviy, xalqaro va jozibador ta’lim maskani sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqladi hamda sifatli ta’lim va yangi imkoniyatlarga intilayotgan intiluvchan yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.