2+2 va 3+1 dasturlari

Toshkentdagi Puchon Universiteti talabalari fakultetga qarab 2-chi yoki 3-chi kursni tugatgach va Associate Bachelor degree olish bilan Koreyadagi Puchon Universitetiga o‘qishga davom ettirish va bakalavr darajasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kirish uchun majburiy shartlar:

Koreys tilini bilish sertifikati. TOPIK 3-gipdan yoki King Sejong Institute (세종학당) kurslarini tugatganlik sertifikati minimum 중급 1 (3A).
Minimal kreditlar soni 2-kurs tugagach 80 kredit, 3-kurs tugagach 120 kredit
image

Koreyaga kirish jarayoni:

* Koreyadagi Puchon Universiteti uchun hujjatlar paketini tayyorlash
* Hujjatlarni Koreyada ko‘rib chiqish
* Talaba kiradigan kafedra professorlari bilan suhbat tayinlash
* Suhbat muvaffaqiyatli o‘tganda to‘lov uchun invoice beriladi va to‘lov amalga oshirilgach, qabul guvohnomasi beriladi
* Viza uchun hujjatlarni topshirish

Imtiyozlar va chegirmalar:

1 semestr uchun to‘lov (imtiyozlarsiz):

Arxitektura, Multimedia va o‘yin kontenti, E-biznes, IT, Go‘zallik estetika, Oshpazlik san’ati, Dietologiya va nutrisiyologiya – 3 327 500 von

Maktabgacha ta’lim, Menejment, Ijtimoiy farovonlik – 3 165 000 von

Hozirgi vaqtda:

image

Til kurslari:

TOPIK 3-gip sertifikati yoki King Sejong Institute (세종학당) kurslarini tugatganlik sertifikati minimum 중급 1 (3A) bo‘lmagan talabalar Koreyadagi Puchon Universitetida til kurslariga borish imkoniyatiga ega. Kurslarni tugatgach, TOPIK imtihonini topshirib, 3-gip yoki undan yuqori natijani olgan talabalar bakalavrga davom ettirishlari mumkin.

Kurs davomiyligi va jadvali:

Minimal o‘quv davri 6 oy. Har bir kurs 3 oy davom etadi, jami 6 kurs mavjud.

Mashg‘ulotlar jadvali:

Darslar dushanbadan jumagacha, kuniga 4 soat koreys tili.

1–2 kurslar: 13:30 – 17:30

3–6 kurslar: 9:00 – 13:00

O‘qish narxi:

Bitta semestr narxi 1 200 000 KRW.

Narxga barcha zarur o‘quv qo‘llanmalar kiritilgan.

Yotoqxona

Koreyada Puchon Universitetida o‘qiydigan talabalar universitetning bosh kampusidagi yotoqxonalarda yashashlari mumkin. Har bir xonada to‘plam mebel mavjud: karavot, shkaf va yozuv stoli, shuningdek, muzlatkich va hojatxona. -1 qavatda umumiy oshxona mavjud.

2 kishilik xona:

Depozit 600 000 KRW

To‘lov 300 000 KRW

3 kishilik xona:

Depozit 500 000 KRW