
Birinchi kurs talabalariga MT o‘tkazish konsepti
MT (Membership Training) — bu turli faoliyat turlarini o‘z ichiga olgan tadbir bo‘lib, unda jamoaviy ruhni shakllantirish, qat’iyatlilik, mas’uliyat, ishonch, qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, to‘g‘ri yo‘lni tanlash, ekologik-turistik madaniyatni singdirish, tabiat va vatanga muhabbatni o‘rgatish maqsad qilinadi.
Mavzu: “O‘zingga ishoning!”
Ishtirokchilar: 1-kurs talabalari, o‘qituvchilar, xodimlar va universitet rahbariyati
O‘tkaziladigan joy: tog‘ kurorti “Amirsay”
Hamkorlar: tog‘ kurorti “Amirsay”, “Vysota” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va turizm vazirligi
Bir kunlik jamoalar soni: 5 ta jamoa
Dastur va ssenariy
Dastlab ishtirokchilar 30 kishidan iborat 5 ta jamoaga bo‘linadi. Har bir jamoada talabalar orasidan yetakchi saylanadi, uning vazifalariga jamoani tashkil etish va unga rahbarlik qilish kiradi.
Kun davomida har bir talaba bitta jamoa a’zosi bo‘lib, 5 ta lokatsiya bo‘yicha jamoaviy topshiriqlarni bajaradi. Har bir lokatsiya ma’lum bir sifatlarni ishlab chiqish yoki takomillashtirishga qaratilgan ma’lum bir topshiriqni o‘tishdan iborat.








