Stipendiya turlari, moddiy yordam va imtiyoz

Stipendiya:

– Universitetga kirishda maksimal ball to‘plagan talabalar uchun

– Reyting ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda a’lo baholar uchun

– Universitetdan tashqarida sport yutuqlari, jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoki davlat va/ yoki xalqaro olimpiadalardagi g‘alabalari uchun;

– Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rektori tomonidan beriladigan maxsus stipendiya

Moddiy yordam:

– Bir oiladan bo‘lgan talabalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlar (aka-uka / opa-singil, turmush o‘rtog‘i, ota-ona / bola), Universitet yoki uning tarkibidagi tashkilotlarida ta’lim olatotgan talabalarga

– Boquvchisini yo‘qotgan  (ota-onadan birining vafot etganda). Shu bilan birga ota-ona ijtimoiy himoyaga muhtoj  fuqarolar toifasiga mansub bo‘lishi kerak (“temir daftar” kabi tegishli rasmiy reyestrlarga kiritilgan)

Imtiyoz:

Universitet xodimlari, ularning turmush o‘rtog‘i va farzandlariga.