image

Talabalar kengashi

Talabalar — endi shunchaki o‘smirlar emas, balki shakllanib borayotgan haqiqiy shaxslar. Bizning asosiy g‘oya — universitetimiz talabasiga nafaqat o‘quv jarayonida, balki undan tashqarida ham qiziqarli muhit yaratishdir.
Talabalar kengashi — bu talabalar boshqaruvi tashkiloti bo‘lib, u talabalar muammolarini hal qilishga yordam beradi, ularning ijodiy g‘oyalarini ko‘rib chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi. Talabalar kengashi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni universitetning faol hayotiga jalb qilish, tadbirlar va to‘garaklar tashkil etish uchun faoliyat yuritadi.
Bu — o‘zingizni topish, cheksiz energiyangizni yo‘naltirish, barcha iste’dod va yashirin imkoniyatlarni ochish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Yotoqxona

Biz universitet hududida joylashgan qulay va shinam yotoqxonani talabalarga taqdim etamiz.

4 kishilik xonalar — mebel va sanuzel bilan
Jihozlangan oshxona — har bir qavatda
Wi-Fi va o‘quv xonalari — har bir qavatda
Kir yuvish xonasi — kiyim quritgichlar bilan

E’lon

Hurmatli talabalar! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, 25-avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon Universiteti yotoqxonasida joy olish uchun ro‘yxatdan o‘tish (Google forma orqali) ochiladi. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi abituriyentlar telegram kanalida va Universitetning rasmiy saytida joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, yotoqxona o‘rinlari cheklangan va birinchi navbatda xorijiy talabalar hamda mamlakatning olis hududlaridan kelgan talabalar joylashtiriladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashovchi talabalar yuqoridagi toifalar joylashtirilgach ko‘rib chiqiladi.

Talabalar klublari

Voleybol
Futbol
Basketbol
Stol tennisi
Frisbi
Taekvondo
An’anaviy koreys raqsi
K-POP
Armresling
Stol o‘yinlari
Karyera markazi

Universitet huzurida talaba va bitiruvchilarning bandlik masalalari bilan shug‘ullanadigan Karyera markazi faoliyat yuritadi.

Tibbiyot markazi

Universitetimizda tibbiy punkt mavjud bo‘lib, har bir talaba va xodim bu yerga birinchi tibbiy yordam uchun murojaat qilishi mumkin.

Til kurslari

Biz boshlang‘ich darajadan rivojlangan darajagacha bo‘lgan keng turdagi til kurslarini taklif etamiz. O‘qituvchilarimiz sizning so‘zlashuv, o‘qish va yozish ko‘nikmalaringizni yaxshilashga yordam beradi.