Toshkentdagi Puchon Universiteti ozon qatlamini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha muhokamada ishtirok etdi

16-sentabr kuni, Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida o‘tkazilgan tadbirlar qismi sifatida, Toshkentdagi Puchon Universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi vakillari Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan “davra suhbati”da ishtirok etdilar.

Tadbirda kafedra o‘qituvchisi S. S. Sanginov ma’ruza bilan chiqish qilib, O‘zbekiston Respublikasida ozon qatlamini muhofaza qilish sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish va ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar majmuini yoritdi.

Tadbir davomida mutaxassis “O‘zbekiston” telekanaliga intervyu berib, jamiyatning ekologik madaniyatini oshirishda ilmiy va ta’limiy tashabbuslarning ahамиятиni ta’kidladi.