Puchon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda berilgan №1591710-sonli litsenziya asosida oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini amalga oshiradi. Universitet quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlaydi:
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari:
13.00.07-Ta’limda menejment
13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017 yildagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-sonli qaror https://lex.uz/docs/3213410
PhD tayanch doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:
- Ariza
- Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
- Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
(kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) - Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi
- Prezident davlat stipendiyasi to‘g‘risidagi hujjat (mavjud bo‘lsa)
- Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)
DSc doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:
- Ariza
- Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki PhD diplomi (yoki xorijda olingan tenglashtirilgan ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjat)
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza
- Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
(kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) - Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi
- Ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar
(masalan, Prezident davlat stipendiyasi haqidagi hujjat) - Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro’yxatdan o’tgan holda yuboriladi.
*- xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.
*- Hujjatlar daraja.ilmiy.uz platformasiga joylangandan so’ng hujjatlar nusxalari Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga topshirilishi shart.
