Ta’lim – O‘zbekiston kelajagiga sarmoya

Toshkentdagi Puchon universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri Nabiyeva Zilola “Pravda Vostoka” gazetasining 2025-yil 4-noyabr sonida chop etilgan maqolasida mamlakatning barqaror rivojlanishida ta’limning o‘rni haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Maqola “Mamlakat kelajagi ta’lim maskanida shakllanadi” nomi bilan e’lon qilindi. Uning fikricha, ta’limga kiritilgan sarmoyalar – bu O‘zbekistonning kelajagiga, uning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy farovonligiga yo‘naltirilgan strategik garovdir.

Maqolada ta’kidlanishicha, malakali kadrlar tayyorlash ishlab chiqarish samaradorligi, tadbirkorlik faolligi hamda ijtimoiy himoya tizimlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, innovatsion ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishga e’tibor qaratgan davlatlar XXI asr chaqiriqlariga tezroq moslashadi va ijtimoiy taraqqiyotning barqaror modellarini yaratadi.

Muallif O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratadi. So‘nggi yillar ichida bu islohotlar ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishga, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga va zamonaviy pedagogik metodlarni joriy etishga olib keldi. Misol sifatida Toshkentdagi Puchon universiteti keltiriladi — bu o‘quv maskani o‘ziga xos o‘quv maydoniga ega bo‘lib, talabalarga kichik guruhlarda ishlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va davlatning strategik ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keluvchi bilimlarni egallash imkonini beradi. Bunday yondashuv nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki tashabbuskor va malakali mutaxassislar avlodini shakllantiradi.

Nabiyeva Zilola ta’kidlaydiki, milliy ta’lim tizimini jahon ta’lim makoniga integratsiya qilish – mamlakat raqobatbardoshligining asosiy omilidir. “Bugungi ta’lim – bu faqat maktab yoki universitet emas, balki ijtimoiy farovonlikka, iqtisodiyot salomatligiga va jamiyat barqarorligiga sarmoyadir”, — deyiladi maqolada.

Muallif eslatadiki, O‘zbekiston kelajagi bilim, innovatsiya va yangi avlod professionalligi ustiga quriladi. Ta’lim rivojidagi har bir qadam – bu mamlakatni mustahkamlash, yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar yaratish va ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror taraqqiyot sari tashlangan qadmdir.

№225(4noyabya2025)