Hozirgi vaqtda Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyati O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va Universitetning ichki hujjatlariga, shu jumladan:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3821-son qarori;
– Puchon universitetining ta’lim jarayonini tashkil etish, akademik siyosat va boshqaruv tizimini belgilovchi Nizomi va Qoidalari;
– Universitetning kasbiy xulq-atvor, akademik halollik va korporativ madaniyat me’yorlarini tartibga soluvchi Axloq kodeksi;
– Har bir bo‘limning vazifalari, vakolatlari va faoliyat tartibini belgilovchi bo‘limlar va tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar;
– Xodimlarning intizomi, tartibi va majburiyatlarini tartibga soluvchi ichki tartib qoidalari.
Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘z faoliyatini qat’iy ravishda amaldagi me’yorlar va ichki tartib-qoidalar doirasida amalga oshiradi, boshqaruv shaffofligi, ta’lim sifatining yuqori standartlari, o‘qish va ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
