2026-yil 26-may kuni Toshkent shahridagi Puchon Universiteti va Bucheon University o‘rtasida ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda akademik darajalarni berish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Mazkur hujjat akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.
Tomonlar o‘quv yili yoki semestr doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining akademik mobilligi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
