AKADEMIK KO‘PRIK



Toshkent shahridagi Puchon universiteti xalqaro akademik hamkorlikni izchil rivojlantirib, tajriba almashish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan zamonaviy oliy ta’lim muassasasi sifatidagi nufuzini mustahkamlab bormoqda. Shu yo‘nalishdagi navbatdagi muhim voqealardan biri sifatida Jeonbuk National University delegatsiyasining 25 nafar vakildan iborat tashrifi amalga oshirildi.

Mehmonlar uchun universitet bo‘ylab tanishtiruv tashrifi tashkil etildi. Unda  delegatsiya a’zolari ta’lim infratuzilmasi, akademik muhit hamda universitetning zamonaviy moddiy-texnik bazasi bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, ularga universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari hamda talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet kutubxonasi, amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar, talabalar turar joyi, Bolalar markazi hamda universitet oshxonasida bo‘ldilar. Ayniqsa, talabalarning o‘qishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda Toshkent shahridagi Puchon universitetida ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday uchrashuvlar xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda oliy ta’lim sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam yaratadi.