Puchon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda berilgan №1591710-sonli litsenziya asosida oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini amalga oshiradi. Universitet quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlaydi:

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari:
13.00.07-Ta’limda menejment
13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017 yildagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-sonli qaror  https://lex.uz/docs/3213410

 

PhD tayanch doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:

  • Ariza
  • Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)
  • Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
  • Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
    (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)
  • Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
  • Pasport nusxasi
  • Prezident davlat stipendiyasi to‘g‘risidagi hujjat (mavjud bo‘lsa)
  • Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)

DSc doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:

  • Ariza
  • Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)
  • Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki PhD diplomi (yoki xorijda olingan tenglashtirilgan ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjat)
  • Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza
  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
    (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
  • Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
  • Pasport nusxasi
  • Ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar
    (masalan, Prezident davlat stipendiyasi haqidagi hujjat)
  • Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro’yxatdan o’tgan holda yuboriladi.

*- xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.

*- Hujjatlar daraja.ilmiy.uz platformasiga joylangandan so’ng hujjatlar nusxalari Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga topshirilishi shart.