FAN VA TEXNOLOGIYALAR FORUMI

10 oktabr kuni O‘zbekiston Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasida “Fan va texnologiyalar” mavzusidagi Avlodlar vorisligi forumi bo‘lib o‘tadi. Forum “Mahalla va butun jamiyat rivoji yili”ga bag‘ishlanadi.

Forumda ilm-fan va tibbiyot sohasi vakillari, ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbir doirasida zamonaviy ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar, tibbiyot va kasalliklarning oldini olish, biotexnologiya, seleksiya va oziq-ovqat tadqiqotlari, shuningdek, ekologiya va koreys diasporasi — kore-saram madaniy merosini asrash masalalari muhokama qilinadi.

Ma’ruzalar zamonaviy diagnostika va davolash usullari, sintetik biologiya, genetik texnologiyalar, tibbiyotning rivoji hamda ilmiy bilimlarni jamiyatning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lashga qaratilgan boshqa dolzarb yo‘nalishlarga bag‘ishlanadi.

O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasi
Sana: 2026-yil 10-oktabr