Toshkent shahridagi Puchon universitetining bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi ko‘p yillik an’anaga ko‘ra O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur maskan yillar davomida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniy hamkorlikni mustahkamlovchi muhim tadbirlar maydoniga aylangan.

Bayramning eng yorqin lahzalari, bitiruvchilar, ota-onalar va mehmonlarning samimiy quvonchi hamda tantanali marosim muhiti KoryoTV ijodiy jamoasi tomonidan videotasvirga olindi.

Sizni ushbu unutilmas voqea haqidagi videoreportajni tomosha qilishga taklif etamiz.