Arxitektura — bu nafaqat bino va inshootlar majmuyi, balki bo‘lajak mutaxassisning shakllanish tarixini o‘qish mumkin bo‘lgan ijodiy jarayondir.
Toshkent shahridagi Puchon universitetida Arxitektura fakulteti talabalarining 5 yillik faoliyatini sarhisob qiluvchi bitiruv va loyiha ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ekspozitsiya talabalar g‘oyalari real shaklga kiradigan, oddiy o‘quv topshiriqlari esa to‘laqonli me’moriy konsepsiyalarga aylanadigan maydonga aylandi.
Ko‘rgazmada 3-kurs talabalarining bitiruv loyihalari bilan bir qatorda, 1 va 2-kurs talabalarining ijodiy ishlari ham namoyish etildi. Bu shunchaki chizmalar yoki maketlar to‘plami emas, balki talabaning professional ulg‘ayish yo‘li: ilk sinov yechimlaridan tortib, ishonchli va puxta o‘ylangan professional loyihalargacha bo‘lgan masofadir.
Har bir loyiha ortida uzoq davom etgan mehnat yotadi:
Muntazam g‘oya izlash va yuzlab eskizlar;
Aniq hisob-kitoblar va tahrirlar;
Xatolar ustida ishlash va yangi, dadil urinishlar.
Har bir loyiha negizida nafaqat talabaning iste’dodi, balki O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan xalqaro koreys ta’lim modelining tizimli yondashuvi yotadi. Bu yerda ustoz va shogird munosabatlari shunchaki rasmiylik emas, balki g‘oyani professional natijaga aylantiruvchi doimiy muloqotdir.
Konsepsiyadan natijagacha
Namoyish etilgan loyihalar turli xil yondashuvlarni o‘z ichiga olgan: konseptual yechimlardan tortib, murakkab amaliy vazifalargacha. Har bir ishda muallifning o‘ziga xos uslubi va zamonaviy shaharsozlik muhitiga bo‘lgan o‘zgacha qarashi sezilib turadi.
Bu shunchaki ko‘rgazma emas. Bu — nazariy bilimlar kasb mahoratiga, talabalik esa professional hayotga aylangan unutilmas lahzadir.
