HAYOTNI ASRAYDIGAN BILIMLAR

Xavfsizlik ongli yondashuvdan boshlanadi: Puchon universitetida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Sovuq kunlarning boshlanishi nafaqat qishga tayyorgarlik ko‘rishni, balki xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratishni ham talab etadi. Zero, xavf-xatarlarning oldini olish, maishiy elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalarini bilish ko‘plab noxush hodisalarning oldini olishi mumkin.

Aynan shu muhim mavzuga bag‘ishlab Puchon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Sovuq mavsumda kundalik turmushimizda foydalanadigan oddiy vositalar ham jiddiy xavf manbaiga aylanishi mumkin. Elektr jihozlari, isitish uskunalari va nosoz isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish favqulodda hodisalarga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois xavfsizlik shunchaki qoidalar majmui emas, balki zamonaviy inson kundalik hayot madaniyatining muhim qismidir.

Universitet talabalari va xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Akramov Umidxon Egamberdiyevich ishtirok etdi. U kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-xatarlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ayniqsa, sovuq mavsumda jiddiy xavf tug‘diradigan ikki holat — yong‘inlar va is gazidan zaharlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu hodisalarning xavfi nafaqat og‘ir oqibatlarga olib kelishi, balki ko‘pincha oddiy e’tiborsizlik, texnik nosozliklar yoki xavfsizlik qoidalariga beparvo munosabat natijasida yuzaga kelishi bilan ham bog‘liq.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga elektr va isitish jihozlaridan mas’uliyat bilan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda isitish uskunalarining texnik holatiga doimiy e’tibor qaratish zarurligi eslatib o‘tildi.

Universitet — bilim va mas’uliyat maskani

Puchon universitetida zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish faqat akademik bilim va kasbiy tayyorgarlik bilan cheklanmaydi. Talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish, ongli yondashuvni shakllantirish hamda kundalik hayotda zarur bo‘ladigan muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish ham alohida ahamiyat kasb