O‘YINLAR, BILIM VA JONLI MULOQOT

​Toshkent shahridagi Puchon universiteti  shunday bir joy borki , u yerda darslar bir lahzaga chekinadi, asosiy o‘ringa esa jonli muloqot, mantiq va intellektual zavq chiqadi. Bu IT-kampus kutubxonasi. Maskan endi nafaqat kitoblar mutolaasi, balki yoshlarning ijodiy va mantiqiy markaziga aylangan.

​Har hafta seshanba va juma kunlari soat 12:00 da litsey hamda universitet talabalari stol o‘yinlari klubiga yig‘ilishadi. Bu shunchaki vaqt o‘tkazish emas, balki fikrlash, tinglash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi o‘ziga xos muhitdir:

​“Mafia” — psixologiya va isbotlash san’ati darsiga aylanadi.

​“Monopoliya” — iqtisodiy strategiya va sabr maktabi.

​“Bunker” — tezkor fikrlash va mantiqiy qaror qabul qilish mahoratini oshiradi.

​“Uno” va “Elis” — jarayonga tezlik, chaqqonlik va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

​“Flagomaniya” — dunyoqarashni kengaytirsa, shaxmat va shashka klassik intellektual diqqatni jamlashni o‘rgatadi.

​Ammo eng muhimi — o‘yinlarning o‘zi emas, balki bu yerga vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun keladigan talabalardir. Gadjetlarsiz, ijtimoiy tarmoqlarsiz, yuzma-yuz muloqot orqali yangi do‘stlik rishtalari va g‘oyalar tug‘iladi.

​Toshkent shahridagi Puchon universiteti kutubxonasi — bu talabalar jamoasi jipslashadigan, yangi tanishuvlar va intellektual muhitda yashash odati shakllanadigan makondir. Bu yerda o‘qish, izlanish va sog‘lom bahslashish tabiiy holatga aylangan.

Ushbu klub talabalar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning eng yaxshi muqobilidir. Bu yerda hordiq muloqot va shaxsiy rivojlanish bilan uyg‘unlashadi.

​O‘yinlar klubi barcha xohlovchilar uchun ochiq. Bir marta ushbu muhitga tushgan yoshlar esa bu yerga faqat o‘yin uchun emas, balki samimiy muloqot va intellektual muhit sog‘inchi bilan qaytishadi.