TEXNIKUMDAN — UNIVERSITETGA

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti
ishchi guruhi Sirdaryo pedagogika texnikumiga xizmat safari bilan tashrif
buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — universitet va pedagogika texnikumi
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaldagi qo‘shma loyihalarni
rivojlantirish hamda ta’lim jarayonlarining uzviyligini ta’minlashdan iborat.

Tashrif doirasida Puchon universitetining “Maktabgacha ta’lim” yonalishi
boyicha tahsil olish uchun hujjat topshirgan 124 nafar abituriyentlar bilan
uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida abituriyentlarga universitet faoliyati, ta’lim
yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, part-time ta’lim shakli va
kredit-modul tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Universitet faoliyatiga
bag‘ishlangan videorolik va taqdimot namoyish etilib, ishtirokchilarni
qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Shuningdek, universitet vakillari Sirdaryo pedagogika texnikumining
pedagog-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy
pedagogik yondashuvlarni joriy etish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va
tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqotlar yakunida seminar va mahorat darslarini tashkil etish, qo‘shma
ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif Puchon universiteti va Sirdaryo
pedagogika texnikumi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish,
bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda yoshlar uchun
zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi