Toshkentdagi Puchon Universiteti akademik jamoasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga ilmiy-amaliy seminar doirasida tashrif buyurdi. Seminar “Ta’limda raqamli transformatsiya: tajriba almashinuvi va ilg‘or amaliyotlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Uchrashuv davomida ta’lim jarayonini raqamlashtirishning zamonaviy yondashuvlari, o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Universitet professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirokidagi tashrif materiallari va videoxronika seminar jarayonidagi asosiy lahzalarni hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi professional muloqot muhitini aks ettiradi.

Bunday tashabbuslar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, akademik aloqalarni rivojlantirish va ilg‘or pedagogik tajriba almashinuvida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilar, tadqiqotchilar va magistrantlarning hamkorligi ta’lim tizimida innovatsiyalarni joriy etish hamda kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.