Toshkent shahridagi Puchon universitetida talaba yetakchilari yig‘ilib, yangi Talabalar kengashi tarkibini saylashdi va kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalarni muhokama qilishdi.
Kun tartibidan talabalar uchun qiziqarli tadbirlar tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va giyohvandlikning oldini olish, shuningdek, oktabr oyi oxirida o‘tkaziladigan ekologik marafonga tayyorgarlik masalalari o‘rin oldi.
Puchon universitetida talabalar hayoti faqat ma’ruza va imtihonlardan iborat emas. Bu yerda do‘stlik, yangi g‘oyalar va ezgu tashabbuslar ham muhim. Universitet yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularning g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi va har bir talaba o‘zini katta Puchon oilasining bir qismi sifatida his etishi uchun imkoniyat yaratadi.
