YAQINLASHTIRADIGAN TANISHUV

Birinchi kurs endigina boshlanmoqda. Ammo jamoa allaqachon shakllanmoqda.
Toshkent shahridagi Puchon universitetida bir an’ana bor. U birinchi kurs talabalariga universitet hayotini dars jadvali va auditoriyalardan emas, balki bir-biri bilan haqiqiy tanishuvdan boshlashga yordam beradi. O‘qishning dastlabki kunlaridanoq talabalar tog‘larga sayohatga taklif etiladi. Bu yerda oddiy tanishuv tez orada umumiy sinovlar, o‘zaro ko‘mak va uzoq vaqt esda qoladigan taassurotlarga aylanadi.
An’anaga ko‘ra, MT uchun maydon sifatida «Amirsoy» tog‘ majmuasi tanlandi.
Balandlik, qoyalar, arqonli yo‘laklar, kamondan otish, kanat yo‘li, jamoaviy topshiriqlar. Bu yerda har bir talaba odatiy chegaralaridan chiqishga to‘g‘ri keldi. Kim uchundir bu jasorat sinovi bo‘ldi, boshqalar uchun esa o‘zidagi yangi qobiliyatlarni kashf etish imkoniyati. Ammo eng muhim sinov umumiy edi: yaqindagina notanish bo‘lgan insonlarga ishonishni o‘rganish.
MTning mazmun-mohiyati ham shunda. Bu Toshkeny shahridagi Puchon universiteti tashkil topganidan buyon birinchi kurs talabalari uchun o‘tkazib kelinayotgan moslashuv dasturidir.
Akademik masalalar bo‘yicha birinchi prorektor Song You Jin ta’kidlaganidek, bunday dasturning asosiy vazifasi yangi talabalarni universitet hayotiga tezroq moslashtirish, kursdoshlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va o‘zlarini yagona jamoaning bir qismi sifatida his qilishlariga yordam berishdir. Shu bois faol sinovlar, jamoaviy dasturlar va tabiat bag‘rida hordiq chiqarish imkoniyatlarini birlashtirgan «Amirsoy» tanlandi.
Talabalarning o‘zi uchun esa bu, avvalo, taassurotlar.
Dastlabki sinovlardan so‘ng birinchi umumiy hazillar, o‘zaro ko‘mak va suratlar paydo bo‘ladi. Kechagina partada tanishishi kerak bo‘lgan yigit-qizlar bugun birgalikda yo‘nalishdan o‘tib, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy g‘alabadan quvonadi.
Talabalar sayohatdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, kutganlaridan ham ko‘proq his-tuyg‘ularni boshdan kechirganini aytadi va talabalik hayotining dastlabki kunlarini aynan shunday o‘tkazish imkoniyati uchun Toshkent shahridagi Puchon  universitetiga minnatdorlik bildiradi. Alohida minnatdorlik so‘zlari Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Agrippina Vasilyevna Shinga hamda universitet rahbariyatiga talaba hayotiga qaratayotgan e’tibori uchun bildirildi.
Rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha prorektor Li Dmitriy Eduardovich bu an’ananing yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratadi: jipslikni faqat auditoriyada shakllantirib bo‘lmaydi. Yoshlar bir-birini norasmiy muhitda ko‘rishi, xarakterlarini yaxshiroq bilishi, hamkorlik qilishni va nafaqat o‘qish jarayonida, balki boshqa vaziyatlarda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashni o‘rganishi muhim.
Buning uchun esa tog‘lar ayni muddao.
Bu yerda odatdagi «men» va «biz» o‘rtasidagi masofa yo‘q. Bajarilishi kerak bo‘lgan umumiy vazifa bor. Yaqin atrofda jamoa bo‘lsa, o‘tish osonroq bo‘lgan yo‘nalish bor. Va yana o‘sha lahza bor: ertalab hali bir-biriga notanish bo‘lgan odamlar birgalikda harakat qila boshlaydi.
Toshkent shahridagi Puchon universitetidagi MT — shunchaki sayohat ham, ko‘ngilochar dasturlar yig‘indisi ham emas. Bu birgalikda ta’lim olish, yangilik yaratish va qiyinchiliklarni yengib o‘tish kerak bo‘ladigan universitet hamjamiyatiga qo‘yilgan ilk qadam.
Birinchi kurs endigina boshlanmoqda. Ammo ko‘pchilikda allaqachon do‘stlar, umumiy xotiralar va oldinda hali bir necha universitet yili bor jamoa paydo bo‘ldi.
Eng yaxshi lahzalarni reportajimizda tomosha qiling.