Toshkent shahridagi Puchon universitetiga Qozog'iston milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

             Qozog'iston milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti delegatsiyasining tashrifi ikki oliy o'quv yurti o'rtasida imzolangan o'zaro hamkorlik memorandumining davomi bo'ldi.

          Ikki oliy o'quv yurtining "Maktabgacha ta'lim" kafedralari o'rtasidagi uchrashuvning asosiy maqsadi maktabgacha ta'lim sohasida xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda qo'shma xalqaro konferensiya va seminarlar o'tkazish, professor-o'qituvchilar o'rtasida tajriba almashish, shuningdek maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish masalalari muhokama etildi.


          Tashrif davomida mehmonlarga universitet faoliyati bilan tanishish, Koreya Respublikasidan taklif etilgan "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi professorining darsida qatnashish imkoniyati berildi. Pedagog  tomonidan musiqa asboblaridan foydalanish va talabalarni musiqa orqali o'qitish usullari taqdim etildi.

         Uchrashuv universitet bo‘ylab ekskursiya bilan yakunlanib, mehmonlarga universitetning maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda foydalanilayotgan barcha imkoniyatlari namoyon etildi.