Karyera markazi

Universitetda talabalar va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bilan shug'ullanuvchi Karyera markazi mavjud. Markazga Koreyaning Bucheon universiteti qoshidagi Karyera markazida katta tajriba to’plagan professor Kim Sang Beom rahbarlik qiladi. Professor talabalarni o‘qishni tugatgandan so‘ng va o‘qish davrida ishga joylashtirish bo’yicha o’z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Universitetda 4 yil davomida 653 nafar malakali mutaxassislar tayyorlandi, ulardan 478 nafari ish bilan ta’minlangan, 34 nafar talaba Koreyaning Bucheon universitetida o‘qishni davom ettirmoqda.