#
about
about

Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3821-son Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Universitetni tashkil etish bo’yicha tashabbuskorlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) hisoblanadi.

Universitetning asosiy maqsadlari yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishdan iborat.

Infratuzilma:
  • 3 ta zamonaviy kampus
  • Zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari va laboratoriyalar
  • Axborot-resurs markazi (keng kutubxona + Wi-Fi’ga ega kompyuterlar)
  • 2 ta oshxona
  • Qulay yotoqxona
  • Obod va qulay hudud
  • Sport zali
  • Avtoturargoh

Universitetda ta’lim olish

O'quv jarayoni: o’quv rejasi, baholash tizimi, o’qitish usullari Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) ta'lim tizimiga asoslangan. Asosiy professor-o‘qituvchilar tarkibi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasining yetakchi pedagoglaridan iborat.

Talabalarimizning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi biz uchun juda muhim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yo’nalishlarning ta’lim dasturlariga birinchi semestrdan boshlanadigan amaliy mashg‘ulotlar joriy etildi.

Darslar to‘rt tilda olib boriladi: koreys, ingliz, rus, o‘zbek.

Shuningdek, yo’nalishlaridan qat’i nazar, talabalar koreys tilini o‘rganadilar.

Koreyadagi Puchon universitetining vujudga kelishi

#

Puchon universitetining asoschisi ustoz Xan Hang Gil (1897-1979). Mustaqillik uchun bo’lajak kurashchi sifatida u ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan va “yangi dunyo orzusi” degan ma’noni anglatuvchi Mongdan unvonini oldi.

1958-yilda Koreya urushi tugagandan so‘ng, ustoz Mongdan Koka texnika maktabiga asos soldi va bu maktab bugungi Puchon universitetining asosiga aylandi.

Xan Xang Gil mamlakatning chinakam mustaqilligining kaliti milliy iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi ta’minlashi, deb hisoblardi. Binobarin, maktabning asosiy maqsadi urushdan keyingi davrda iqtisodiyotni jonlantirishga xizmat qiladigan ushbu sohaning turli tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash edi.

Universitet hududida ikkita kampus joylashgan: asosiy bino va Koka kampusi.