Kirish so’zi

Aziz talabalar!
Ishonchim komilki, qalbida ishonch va orzusi bor insonga hamma narsa bo‘ysunadi. Sizning umidlaringiz va orzularingiz – bu jamiyatdagi shaxsiy o'sish va taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Sizda mavjud eng bebaho narsa esa – yoshlikdir.

U yorqin kelajak sari katta sakrashni amalga oshirish uchun tramplinga o'xshaydi. Bu o’z salohiyatingizni rivojlantirish vaqti. Shuning uchun hayotda qanday qiyinchiliklarga duch kelsangiz ham, orzu qilishdan va yaxshi kelajakka umid qilishdan to'xtamang. Lekin, eng muhimi - uni o'z qo'llaringiz bilan yaratishdan qo'rqmang.

Aynan bizning universitetda siz o'z salohiyatingizni ochasiz va biz o'zingizga va orzuingizga ishonishingizga yordam beramiz. Puchon universitetini tanlab, Siz g'ayrat va cheksiz imkoniyatlarga to'la hayotni tanlaysiz!

Hurmat bilan,
Son Yu Jin

Prorektor qabulxonasi

Telefon raqami:

+998 78 150 40 02

Elektron pochta:

info@bucheon.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol 2 ko‘chasi, 38A-uy