T.S.S

Ko'p beriladigan savollar

Universitet haqida

Yo‘q, universitet O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 50 foizi xususiy, qolgan 50 foizi esa davlatga tegishli. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (02.07.2018-yil 3821-sonli) qarori asosida tashkil etilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreyadagi Puchon Universiteti uning ta'sischilari hisoblanadi. Toshkent shahridagi Puchon Universiteti Koreyadagi Puchon Universitetining chet eldagi birinchi filiali hisoblanadi. Koreyadagi ushbu universitet 1958-yilda tashkil etilgan.

Universitet haqida

Yo‘q, universitetda shartnoma asosida o‘qitiladi.

Fakultetlar, ta'lim tizimi, yillik to‘lov miqdori haqida

Universitetda 3 ta fakultet mavjud:

«Maktabgacha ta'lim»: kechki va kunduzgi bo‘lim.

Ta'lim tizimi 3+1:

3 yil BUTda: BUT bakalavr diplomi va Associate Bachelor Degree Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)

+ 1 yil (ixtiyoriy) Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi): Puchon Universitetining bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)

«Arxitektura»: kunduzgi bo‘lim.

Ta'lim tizimi 3+1 :

3 yil BUTda: Associate Bachelor Degree BUT diplomi + Associate Bachelor Degree Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)

+ 1 yil Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi): Puchon Universiteti bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)

Yoki 4 yil BUTda: BUT bakalavr diplomi

«Коreys tili va menejment»: kunduzgi bo‘lim.

Ta'lim tizimi:

2 yil BUTda: Associate Bachelor Degree BUT diplomi + Associate Bachelor Degree Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)

+ 2 yil Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi): Puchon Universiteti bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)

Yoki 4 yil BUTda: BUT bakalavr diplomi

Fakultetlar, ta'lim tizimi, yillik to‘lov miqdori haqida

YUNESKO tomonidan tuzilgan Xalqaro ta'lim standarti tasnifiga (ISCED) ko‘ra, “Associate bachelor degree" qisqa muddatli oliy ta'lim tizimini tugatgandan so‘ng olinadi (ISCED darajasi 5) ISCED 5-darajali dasturlar yoki "qisqa muddatli oliy ta'lim" dasturlari asosan ishtirokchilarga kasbiy bilimlar berish, kasbiy ko‘nikma va malaka oshirish uchun mo‘ljallangan. Qoidaga ko‘ra, ular amaliyot, kasbga yo‘naltirish va talabalarni mehnat bozoriga kirishga tayyorlash bilan bog‘liq. Ushbu darajadagi dasturlarning tarkibi o‘rta ma‘lumot (ISCED darajasi 3) yoki oliy ma'lumotdan keyingi oliy ma'lumot (ISCED) darajasidan iborat 4) Ammo ISCED 6 darajasidan (bakalavr yoki unga tenglashtirilgan) nisbatan osonroq.

Ushbu diplomni olgan talabalarga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Fakultetlar, ta'lim tizimi, yillik to‘lov miqdori haqida

O‘quv shartnomasi quyidagicha: - "Maktabgacha ta'lim" fakulteti yiliga 2200 AQSH dollari - "Arxitektura" va "Koreys tili va menejment" fakultetlari yiliga 3300 AQSH dollari

Shartnoma milliy valyutada to‘lanadi. Shartnoma puli miqdori talabani o‘qishga qabul qilish tog‘risidagi buyruq chiqqan vaqtdagi dollar kursi bo‘yicha hisoblanadi.

Shartnoma miqdori bir o‘quv yili davomida dollar kursidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi.

O‘qishga kirish jarayoni

Universitet ichki tartib-qoidalariga muvofiq, qabul jarayoni bir o‘quv yili uchun ikki marta ya’ni bahorgi va yozgi qabul amalga oshiriladi. To‘liq ma’lumotlar universitetning barcha rasmiy sahifalarida oldindan e’lon qilinadi. Yillik kvota ikkita qabul uchun teng ravishda ikkiga bo‘lingan.

O‘qishga kirish jarayoni

Talabalarni saralash ikki bosqichni o‘z ichiga olib, test va suhbat imtihonlaridan tashkil topgan.

Test sinovlari lug‘at, grammatika va o‘qish bo‘yicha 60 ta savoldan iborat. Maksimal ball - 60.

• "Maktabgacha ta'lim" va "Arxitektura" fakultetlarida abituriyentlar ingliz tilidan test sinovlarini topshiradilar. Savollarning taxminiy murakkablik darajasi– IELTS 5.5.

• “Koreys tili va menejment” fakultetida abituriyentlar koreys tilidan test sinovlarini topshiradilar. Savollarning taxminiy murakkablik darajasi – 3 TOPIK .

Suhbat imtihoni: universitetning professor o‘qituvchilari tomonidan psixologik suhbat o‘tkaziladi. Maksimal ball - 60.

Ballar qo‘shilib, eng yuqori bal to‘plagan talabalar universitetga qabul qilinadi.

O‘qishga kirish jarayoni

Yo‘q, universitet imtihonga tayyorlanish uchun hech qanday test savollarini bermaydi.

O‘qishga kirish jarayoni

Agar abituriyent ma’lum darajadagi til sertifikatiga ega boʽlsa, universitet uni imtihonning (testning) birinchi bosqichidan ozod qiladi. Maktabgacha ta’lim va Arxitektura fakultetlariga hujjat topshirayotgan abituriyentda quyidagi sertifikatlar boʽlsa: IELTS 5.5 yoki undan yuqori, yoki CEFR B1 va undan yuqori.

Koreys tili va menejment fakultetida - TOPIK 3 va undan yuqori sertifikat. Sertifikat nusxasi faqat qabul komissiyasining ish faoliyati davomida qabul qilinadi. Qabul komissiyasiga sertifikat nusxasini topshirgan abituriyentlar avtomatik ravishda test imtihonining maksimal baliga ega boʽladilar.

O‘qishga kirish jarayoni

Suhbat – bu universitet professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan psixologik suhbat. Asosiy maqsad - abituriyentning shaxsiy fazilatlari va tanlagan fakultetining kasbiy yo‘nalishiga mosligini aniqlash. Abituriyentlar o‘zlariga qulay tilda javob berishlari mumkin va bu ularning oladigan ballariga ta’sir qilmaydi. Professor- o‘qituvchilar abituriyentning til bilish darajasini emas, balki javob sifatini baholaydilar.

Suhbat oluvchilarning aksariyati Koreyaning Puchon Universiteti professor-o‘qituvchilari bo‘lib, agar abituriyent o‘zbek yoki rus tilida javob bersa, universitet tarjimonlari savol va javobni tarjima qilib beradilar.

O‘qishga kirish jarayoni

Ta’lim dasturlari Koreyadagi Puchon Universitetida o‘qishni davom ettirishga imkon beradi. Biroq, bu majburiy emas. O‘qishni Koreyada davom etirishni istamagan talaba universitetimizda davom ettirishi mumkin.

O‘qishga kirish jarayoni

Yo‘q, Prezidentning 2018- yil 2-iyuldagi "Toshkentda Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida" gi 3821-sonli qarorining 4-bandiga binoan, "universitet bitiruvchilariga qo‘shimcha huquqiy tartib-qoidalarsiz O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tasdiqlangan Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan standart diplomi beriladi".

O‘qishga kirish jarayoni

Ha, mumkin. Agar abituriyent birinchi qabulda qatnasha olmasa, u ikkinchi qabulda hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish jarayoni

2 million so‘mlik garov puli abituriyent o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng to‘lanadigan majburiy toʽlov hisoblanadi.

Agar talaba bizning universitetimizda o‘qishga qaror qilsa, bu to‘lov avtomatik ravishda o‘qish shartnomasi to‘lovi tarkibiga kiradi.

Agar talaba o‘quv yili boshlanishidan oldin universitetda o‘qishdan voz kechsa, ushbu tolov to‘liq hajmda qaytariladi. O‘quv yilining boshida garov puli qaytarib berilmaydi.

O‘quv jarayoni

Universitet Koreyadagi Puchon Universitetining o‘quv rejasi va oʽqitish usullariga moslashtirilgan. Fakultetning asosiy o‘qituvchilari Koreyadagi Puchon Universitetining tajribali professorlaridir. Akademik taqvim va baholash tizimi Koreyadagi Puchon Universitetidan olingan. Universitet ma’ruzalarining aksariyati koreys tilida olib bоriladi. Maktabgacha ta’lim va Arxitektura fakultetlarida ma’ruzalar rus yoki o‘zbek tillariga tarjima qilinadi. Koreys tili va menejment fakultetida darslar tarjimon yordamisiz asosan koreys tilida olib boriladi.

O‘quv jarayoni

Baholash tizimi va akademik taqvim Koreyaning Puchon Universitetidan olingan.

O‘quv yili 2 semestrdan iborat bo‘lib, har bir semestr 15 haftadan davom etadi. Haftalik o‘qish 5 kun.

Baholash tizimi «A», «B», «C», «D» и «F»dan iborat bo‘lgan baho hisoblanib, talabaning har bir fan bo‘yicha to‘plagan ballari sonini bildiradi:

«а+» = 100 – 95 bal
«в» = 84 – 80 bal «d+» = 69 – 65 bal
«а» = 94 – 90 bal «с+» = 79 – 75 bal «d» = 64 – 60 bal
«в+» = 89 – 85 bal «с» = 74 –79 bal «f» = 60 baldan past

O‘quv jarayoni

Ta’lim dasturlari Koreyadagi Puchon Universitetida o‘qishni davom ettirishga imkon beradi. Biroq, bu majburiy emas. O‘qishni Koreyada davom ettirishni istamagan talabalar universitetimizda davom ettirishlari mumkin.

O‘quv jarayoni

Universitetning belgilangan tartib-qoidalariga binoan bir vaqtning o‘zida ikkita universitetda o‘qish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik bo‘lsa, universitet talabani talabalar safidan chiqarish huquqiga ega.

Maktabgacha ta’lim fakultetining kechki bо‘limi oliy ma’lumot olishni istagan ishlaydigan talabalar uchun qulay.

O‘quv jarayoni

Farqi shundaki, mashg‘ulotlarning davomiyligi va kechki bo‘limda qisqartirilgan o‘quv haftasidir. Kechki bo‘limlarda mashg‘ulotlar haftasiga 4 kun bo‘lib, bir akademik soatning davomiyligi 40 daqiqadan iborat. Kunduzgi bo‘limda esa mashg‘ulotlar haftasiga 5 kun bo‘lib, bir akademik soat 50 daqiqadan iborat. Kechki o‘quv rejasi kunduzgi o‘quv rejasi bilan bir xil.

O‘quv jarayoni

Baholash tizimining asosiy o‘lchov birligi kredit hisoblanadi. Quyida bitirish uchun zarur bo‘lgan minimal kreditlar soni ko‘rsatilgan. 2 + 2 tizimi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan fakultetlarda 2 yillik o‘qish davomida to‘plangan kreditlarning minimal soni (ixtisoslik + umumta'lim fanlar ) 80 tani tashkil qilishi kerak. Shulardan kamida 50 ta kredit ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha, 8 ta kredit esa umumta’lim fanlaridan to‘planishi kerak.

3 + 1 tizimi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan fakultetlarda 3 yillik o‘qish uchun to‘plangan kreditlarning minimal soni (ixtisoslik + umumiy ta'lim fanlar) bo‘yicha 120 tani tashkil qilishi lozim. Shulardan kamida 60 ta kredit ixtisoslik fanlardan, 12 ta kredit esa umumta’lim fanlardan to‘plashi kerak.

Agar mazkur o‘quv dasturi (2 + 2 yoki 3 + 1) asosida talaba yuqorida keltirilgan kreditlar miqdorini to‘plamagan bo‘lsa, ushbu talabaga diplom berilmaydi.

Stipendiyalar haqida

Universitet stipendiya tizimini ishlab chiqqan. Hozirgi kunda 3 ta stipendiya turi mavjud:

• “Eng yaxshi abituriyent” – kirish imtihonlarida eng yuqori bal to‘plagan abituriyentlarga beriladigan stipendiya turi. Grant miqdori bu holatda, shartnoma puli miqdorining 50 foizini tashkil etadi. Ushbu Grant bir martalik.

• “A’lo o‘qigani uchun” – o‘quv yili yakuniga ko‘ra akademik ko‘rsatkichlar bo‘yicha beriladigan stipendiya. Ushbu stipendiya 1-kursni yuqori ballar bilan tugatgan talabalarga 2-kursdan boshlab fakultetlar bo‘yicha 10 foiziga beriladi. Stipendiya miqdori shartnoma miqdorining 30 foizidan 50 foizigacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi.

• “Oilani qo‘llab-quvvatlash” - universitetimizda tahsil olayotgan bir oilaning farzandlari uchun. Ushbu stipendiya kontrakt miqdorining 15 foizini tashkil etadi va oiladan bitta talabaga beriladi.

Qo‘sHhimcha savollar

Universitetda talabalar uchun qat'iy belgilangan forma mavjud emas. Shu bilan birga, universitetda klassik uslubida kiyingan maqul.

Sport kiyimlari, shuningdek plyaj kiyimlariga (kalta shim, futbolka, shippak) ruxsat berilmaydi.

Qizlarga kalta yubka, mini ko‘ylak yoki chuqur yoqali kiyimlar kiyish taqiqlanadi. Yorqin bo‘yanish, katta taqinchoqlar taqish, shaffof kiyimlar kiyish hamda bel, qorin va yelkalari ochiq kiyimlarga ruxsat berilmaydi.

Qo‘sHhimcha savollar

Ha, bizning universitetimizda hijob kiyishingiz mumkin.

Qo‘sHhimcha savollar

Yo‘q, universitet yotoqxona bilan ta’minlamaydi.