Til kurslari markazi

Universitetimizdagi til markaziga xush kelibsiz! Biz boshlang'ichdan to yuqoriga qadar barcha darajadagi til kurslarini taklif qilamiz. Tajribali o'qituvchilarimiz siz tanlagan tilda nutq, o'qish va yozish ko'nikmalaringizni yaxshilashga yordam beradi.

Bizning kurslarimiz sizning ehtiyojlaringiz va til o'rganish maqsadlaringizga mos ravishda ishlab chiqilgan.

Toshkent shahridagi Puchon universiteti qoshidagi Til markazi o’quvchilarni til muhitiga singdirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida til to‘garaklari, ochiq havoda interaktiv til amaliyoti, intellektual o‘yinlar va xorijiy tillardagi filmlar namoyishini tashkil etadi.

O’qishni tugatgandan so'ng, talabalar kursni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikat oladilar. Shuningdek, tahsil oluvchilar kursning eng yaxshi o’quvchisi bo'lish, esdalik sovg'alar va qo'shimcha sertifikat olish imkoniyatiga ega. Talabalarimiz til o'rganishda muvaffaqiyat qozonmoqda va o'z maqsadlariga erishmoqdalar!

Bizga qo'shiling va bugun til sayohatingizni boshlang!

Ingliz tili kurslari
Daraja Kurs Kurs uchun to’lov (so’m) Mashg’ulotlar o’tkazish vaqtlari
Beginner 12 xafta 1 080 000 3 marta / xaftada
1 soat 40 daqiqadan
yoki
2 marta / xaftada
2 soat 30 daqiqadan.
Elementary 12 xafta 1 080 000
Pre-intermediate 16 xafta 1 440 000
Intermediate 16 xafta 1 440 000
IELTSga tayyorlov 12 xafta 1 368 000
Til kurslarida o’quvchilar universitetga kirish uchun tavsiya qilinishi mumkin va quyidagi shartlarda test sinovlaridan ozod qilinadi:
  • 1. Universitetning til kurslarida 6 oydan ko’proq muddatda ta’lim olish.
  • 2. Ingliz tilidan Intermediate darajasida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish.
  • 3. Yakuniy ball: 80 va undan yuqori ball.
Koreys tili kurslari
Daraja Kurs Kurs uchun to’lov (so’m) Mashg’ulotlar o’tkazish vaqtlari
1 daraja 12 xafta 1 368 000 3 marta / xaftada
1 soat 40 daqiqadan
yoki
2 marta / xaftada
2 soat 30 daqiqadan.
1B
2 daraja
2B
3 daraja
3B
TOPIKga tayyorlov
Til kurslarida o’quvchilar universitetga kirish uchun tavsiya qilinishi mumkin va quyidagi shartlarda test sinovlaridan ozod qilinadi:
  • 1. Universitetning til kurslarida 6 oydan ko’proq muddatda ta’lim olish.
  • 2. Koreys tilidan 3В darajasida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish.
  • 3. Yakuniy ball: 80 va undan yuqori ball.
Aloqa bog’lash uchun ma’lumotlar: