Toshkent shahridagi Puchon universiteti qoshida bolalar ta’lim tashkiloti va boshlang‘ich maktab ochilishi haqida e’lon.
Hurmatli ota-onalar! Agarda, Siz farzandlaringiz uchun sifatli ta’lim dargohini qidirayotgan bo‘lsangiz, yaqin vaqtda Toshkent shahridagi Puchon universiteti qoshida maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim tashkilotlari ochilishi haqida mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Bolalar bog'chasi va maktab Toshkent shahridagi Puchon universiteti hududida joylashadi, bu Sizning farzandlaringizning ta'lim muassasasida qulay va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi. Bizning tajribali pedagoglar jamoamiz farzandlaringizga boshlang’ich bilimlarni egallashga, shuningdek, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risida
Bog‘chada ta’lim va tarbiya “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida olib borilib, Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislarning ilg‘or tajribalarini joriy etish, koreys va ingliz tillari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari, sport va xoreografiya yo‘nalishlari asosida amalga oshiriladi.
Ish jadvali: 8:30 dan 18:00 gacha
Guruhlar soni: 5 ta to‘liq kunlik guruh
Guruhda bolalar soni: 12 nafar
Bolalar yoshi: 2 dan 7 yoshgacha.
Joylashuv: Toshkentdagi Puchon universiteti (Chilonzordagi kampus)
Boshlang'ich maktab haqida
Toshkentdagi Puchon universiteti qoshidagi boshlang'ich maktab bu yil 1 va 2-sinflarga o‘quvchilarni qabul qilinadi. O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartiga muvofiq shakllantirilgan. Qo'shimcha mashg’ulotlar: tillar, raqslar, shaxmat, sport! Zamonaviy jihozlar va har bir bolaga individual yondashuv!
Ish jadvali:8:30 dan 18:00 gacha
Sinflar soni: 4 ta to’liq kunlik sinflar (2 ta birinchi va 2 ta ikkinchi sinf)
Sinfdagi o‘quvchilar soni: 15 nafar
Bolalar yoshi: 7 yoshdan
Joylashuv: Toshkentdagi Puchon universiteti (Chilonzordagi kampus)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. Bolalar bog’chasi va maktabga qabul tez orada ochiq deb e'lon qilinadi!
Ma’lumotlar uchun telefon:(+998) 77 253 02 28 (dushanbadan jumagacha 9.00 dan 18.00 ga qadar)
Telegram:@preschool_but
Читать дальше
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год