2021-2022 o'quv yili uchun talabalarning ikkinchi qabul qilinishi

17-maydan Bucheon universitetining 2021-2022-o‘quv yili uchun hujjatlarning ikkinchi qabuli ochildi

Abituriyentlar 2021-yil 25-iyungacha “Maktabgacha ta’lim”, “Koreys tili va menejment”, “Arxitektura” fakultetlariga hujjat topshirishlari mumkin. “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlarida ta’lim olish o‘quv yili uchun 2,200 $ va 3,300$ ni tashkil etadi hamda 3+1 tizimiga muvofiq olib boriladi, bunda talabalar xohishlariga ko‘ra o‘qishni Koreya Respublikasida yakunlashi mumkin.

“Koreys tili va menejment” fakultetida 2+2 tizimi qabul qilingan, ta’lim esa yiliga 3,300$ ni tashkil etadi.

Arizalar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko‘chasi, 38A-uy manzilida shaxsan qabul qilinadi. Qabul vaqti – dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Abituriyentlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari zarur:

  1. Diplom (attestat) nusxasi yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma;
  2. Pasport nusxasi;
  3. www.bucheon.uz da to‘ldirilgan onlayn ariza;
  4. Rasm 3х4;
  5. 250 000 so‘m miqdorida ro‘yxatdan o‘tish badali.

Shuningdek, xohlovchilar hujjatlarni onlayn tarzda ham topshirishlari mumkin. Yuborilgan hujjatlarni qayta ishlash dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Onlayn ariza topshirish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Universitet saytida (www.bucheon.uz) telefon raqam tekshiruvidan o‘tish;
  • Shaxsiy kabinetingizda arizani to‘ldirish va yuqorida sanab o‘tilgan barcha kerakli hujjatlarni ilova qilish;
  • Ro‘yxatdan o‘tish badalini bank, "Apelsin" dasturi orqali yoki universitetning o‘zida to‘lash;
  • Shaxsiy kabinetingizda to‘lov kvitansiyasini ilova qilish.

Universitet xodimlari tomonidan abituriyentga muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar beriladi.

Kirish imtihonlari ikkita blokga bo‘linadi: test sinovi va suhbat. Imtihonlar 5-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakulteti abituriyentlari ingliz tilidan test topshiradilar. “Koreys tili va menejment” fakulteti abituriyentlari koreys tilidan test topshiradilar.

IELTS 5.5 va undan yuqori yoki CEFR B1 va undan yuqori sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlar “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” yo‘nalishlarining yozma imtihondan ozod etilishi mumkin. “Koreys tili va menejmenti” yo‘nalishining test sinovlaridan ozod qilish TOPIK 3 va undan yuqori sertifikat mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Test sinovidan so‘ng Toshkentdagi Puchon universiteti o‘qituvchilari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazadilar.

Kirish imtihonlari natijalari 2021-yil 24-iyulda abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998781504002, +998951963601.

Bucheon universiteti — barcha uchun ochiq bo‘lgan an'anaviy Koreys ta'limi!