Axborot texnologiyalari fakultetlariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi – test

Hurmatli abituriyentlar,

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rahbariyatining qaroriga binoan, axborot texnologiyaning uchta uchta fakultetlari, shuningdek, diyetologiya va nutritsiologiya fakulteti 2022-2023 o‘quv yili abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tafsilotlari tasdiqlandi. Imtihonning birinchi bosqichi - test sinovlari haqida to‘liq ma’lumot quyida keltirilgan. Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.

** Til sertifikatlari (IELTS/CEFR) nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar testdan ozod etiladi.

TEST SINOVLARI

1.Test sinovlari haqida:

  • Test sinovlari sanasi: 07 oktyabr 2022y (juma).
  • Boshlanish vaqti: abituriyentlar guruhlarga bo‘linadi va SMS-xabarnoma orqali boshlanish vaqti haqida xabardor qilinadi.
  • Test sinovi shakli: kompyuterda orqali bo’ladi.
  • Imtihon manzili: Toshkent shahridagi Puchon universiteti. Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol  ko’chasi-2, 38 A
  • Mo’ljal: Shahar bojxonasi.
  • Yaqin metro bekati : Chilonzor yo’lining Chilonzor bekati.

2.Test sinovi tafsilotlari:

  • Test sinovlari fani: Ingliz tili (grammatika, lug‘at va o‘qish bo‘yicha).
  • Test savollari  umumiy soni: 60 ta.
  • Test sinovlari uchun maksimal ball: 60 ball.
  • Test sinovlarining murakkablik darajasi: ingliz tilidan IELTS 5.5 gacha.
  • Test uchun ajratilgan vaqt: 70 daqiqa. Test sinovi davomida ekrandagi taymer qolgan vaqtni ko’rsatadi.
  • Test sinoviga kelmagan abituriyentlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi.

3.Texnik tafsilotlari: 

  • Test topshiriqlarini tashkil etish algoritmi: Universitet tizimi savollar bankidan tasodifiy ravishda topshiriqlarni tanlaydi va har bir abituriyent uchun individual ravishda topshiriqlar variantini yaratadi. Test sinovining boshlanish vaqti ham, tugash vaqti ham qayd etiladi. Tugallangandan so'ng ekranda har bir abituriyentning individual natijalari ko'rsatiladi: to'g'ri va noto'g'ri javoblar soni.
  • Agar abituriyent test sinovlari boshlanishiga kechiksa, sistema avtomatik ravishda kech berilgan vaqtni dastlab berilgan 70 daqiqadan chiqarib tashlaydi. Masalan, abituriyentning test sinovlari boshlanishi soat 10:00 ga belgilangan. Abituriyent kechikib soat 10:20 dan  test sinovini boshlasa, unga 70 daqiqa emas, 50 daqiqa  vaqt beriladi.
  • Abituriyent  butun test sinovi davomida javoblarni to’g’irlashi mumkin, toʻgʻrilamoqchi boʻlgan holatda savolni javob raqamini bosish orqali to’g’irlaydi.
  • Test  sinovlari tugagandan so‘ng  abituriyentning natijasi ekranda paydo bo‘ladi: to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni. Abituriyentning  natijalari sistemaga avtomatik ravishda kiritiladi va shu bilan test sinovlari bosqichi tugaydi.
  • Test sinovlarini erta tugatgan abituriyent imtihon xonasini tark etishiga ruhsat beriladi.
  • 70 daqiqadan so‘ng barcha javobsiz qolgan savollar noto‘g‘ri deb hisoblanadi.